Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

O‘zbekistonda Elektron kompyuter sporti federasiyasi tashkil etildi, hamyurtimiz Osiyo o‘yinlaridagi sinov musobaqasida ishtirok etadi

O‘zbekistonda Elektron kompyuter sporti federasiyasi tashkil etildi, hamyurtimiz Osiyo o‘yinlaridagi sinov musobaqasida ishtirok etadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston virtual sport o‘yinlari va kiberfutbol federasiyasi o‘z faoliyatini yanada professional tarzda tashkil etish va xalqaro standartlar talabiga moslashish maqsadida bir qator tashkiliy o‘zgarishlarni amalga oshirdi. Endilikda tashkilot O‘zbekiston elektron kompyuter sporti federasiyasi deb nomlanadi.

Rivojlanishning yangi bosqichiga qadam qo‘yayotgan tashkilot o‘z nizomini qayta ko‘rib chiqib, unda belgilangan maqsad va vazifalariga o‘zgartirishlar kiritgan hamda faoliyat ko‘lamini yanada kengaytirgan.

6 avgust kuni federasiya yangi nom bilan Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Tashkilotga O‘zbekistonda elektron o‘yinlar, kompyuter sporti va kiberfutbolni rivojlantirish hamda respublika hududida turnirlarni tashkil etish huquqi berildi. Shuningdek, federasiya ushbu yo‘nalishdagi murabbiy va kibersportchilarni tayyorlash bo‘yicha ham vakolatli muassasa sifatida belgilab qo‘yilgan.

O‘zbekiston elektron kompyuter sporti federasiyasi faoliyati davomida Milliy olimpiya qo‘mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligining virtual sport turlariga oid qarorlari ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etadi.

Yana bir necha kundan so‘ng Indoneziyada boshlanadigan Osiyo o‘yinlarida elektron sport yo‘nalishi bo‘yicha musobaqa tajriba-sinov tariqasida ilk marta o‘tkaziladi. Unda Elektron kompyuter sporti federasiyasi a’zosi, Toshkentning «Lokomotiv» jamoasi kiberatleti Sanjar Usmonov O‘zbekiston sharafini himoya qiladi. Ma’lumot uchun, 2022 yilgi Osiyo o‘yinlarida kibersport rasman musobaqa dasturidan o‘rin oladi va unda kibersportchilar medallar uchun kurash olib boradilar.

Yaqin yillar ichida esa sportning bu turi Olimpiada dasturiga ham kiritilishi mumkin.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 16:19, 11.08.2018.
O'qildi: 2191 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.