Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/01 00:45 Milan 1-1 Jenoa
09/01 01:00 Arsenal 0-0 Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston 1-2 Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya 3-2 Saudiya Arabistoni
10/01 01:00 Xetafe 1-2 Real Sosyedad
10/01 16:30 BAA - Yaponiya
10/01 16:30 Livan - Janubiy Koreya
10/01 18:00 Real Ovyedo - Betis
10/01 19:00 Eron - O‘zbekiston
10/01 19:00 Udineze - Piza
10/01 19:00 Komo - Bolonya
10/01 20:15 Vilyarreal - Alaves
10/01 21:30 Suriya - Qatar
10/01 22:00 Roma - Sassuolo
10/01 22:30 Jirona - Osasuna
11/01 00:45 Atalanta - Torino
11/01 01:00 Valensiya - Elche
11/01 16:30 Xitoy - Avstraliya
11/01 16:30 Lechche - Parma
11/01 18:00 Rayo Valyekano - Malyorka
11/01 19:00 Tailand - Iroq
11/01 19:00 Fiorentina - Milan
11/01 20:15 Levante - Espanyol
11/01 22:00 Verona - Lasio

«Navbahor» futbolchilari jarimaga tortildi

«Navbahor» futbolchilari jarimaga tortildi

Baho:
+ | -1

Superliga 21-turi doirasidagi “Navbahor-Lochinlari” (Namangan) – “Buxoro” (Buxoro) uchrashuvining 81, 89 va 90+4 daqiqalarida mezbonlardan Davron Hoshimov, Jahongir Mehmonov va Oston O‘runov bosh hakam tomonidan ogohlantirildi.

Butun uchrashuv, xususan, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan daqiqalarni alohida o‘rganib chiqqan PFL komissiyasi bu uch futbolchining sariq kartochkaga loyiq ko‘rilgan hatti-harakatlarini shubhali baholadi.

Komissiya a’zolari bunda mazkur uch futbolchi hisobida bungacha 3tadan sariq kartochka bo‘lgani, shuningdek, “Navbahor”ning PEPSI Superliga 22-turidan joy olgan “Qizilqum”ga qarshi o‘yini “oltin ochko” tizimidan chetda turganini inobatga olgan. Qolaversa, futbolchilar sariq kartochkalarni mug‘ombirlik yo‘li bilan “ishlab olgani” yaqqol ko‘ringan.

Shu munosabat bilan Musobaqalar reglamentining “Intizomiy va jarimalar kodeksi” 5-bo‘lim 5.6 bandida ko‘rsatilgan “ahloqiy me’yorlarga amal qilmaslik, mug‘ombirlik ishlatish hamda sportchiga xos bo‘lmagan xulqi uchun” qismiga bepisandlik bilan munosabatda bo‘lgani uchun “Navbahor” futbol klubi 10 000 000 (o‘n million) so‘m miqdorida jarimaga tortildi.

Reglamentning yuqorida ko‘rsatilgan bandiga rioya qilmagani uchun futbolchilar – Davron Hoshimov, Jahongir Mehmonov va Oston O‘runov 22-tur uchrashuvidan tashqari, endilikda 23-tur o‘yinlaridan ham diskvalifikasiya qilindi hamda har biri 5 000 000 (besh million) so‘mdan jarima to‘laydi. 

Shuningdek, futbolchilarining bu kabi ishlariga yo‘l qo‘yib bergani uchun “Navbahor-Lochinlari” murabbiylar shtabi, xususan, Ilhom Mo‘minjonov jiddiy ogohlantirildi. Bu hol uning boshqaruvidagi klub bilan yana bir bor takrorlansa, Mo‘minjonovni jiddiy sanksiyalar kutishi mumkin.

Manba: www.pfl.uz

Футболни алдаб бўлмайди, ҳамиша ҳалол ўйнанг. 

Kiritildi: 19:14, 13.08.2018.
O'qildi: 5482 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.