Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

«Aurum 898» klubi yopildi. Bu yerda yangi sport markazi ochiladi

«Aurum 898» klubi yopildi. Bu yerda yangi sport markazi ochiladi

Baho:
+ | -1
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

“Aurum 898” klubi faoliyati to‘xtatildi. Bu haqda “Qalampir.uz” muxbiri klubga borib, ma’lumot to‘pladi. Ayni damda klub binosida huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan ish olib borilmoqda. Voqea joyidan yo‘llangan fotosuratlar va ma’lumotlarga qaraganda, klub peshtoqidan diskotekaning nomi olib tashlangan, reklama bannerlar axlatga otilgan.

“Qalampir.uz” manbasining ma’lum qilishicha, klub faoliyati to‘xtatilib, binoda ta’mirlash ishlari olib boriladi. Bu yerda yo bouling o‘yingohi, yo sport sog‘lomlashtirish markazi ochilishi ko‘zda tutilgan.

Bugun, 13 avgust kuni Toshkentdagi boshqa ishratxonalar – tungi klub va barlarda ham reyd o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Huquq-tartibot organlariga kelib tushayotgan murojaatlar asosida ularning ko‘pchiligi faoliyati tugatiladi.

Jamshid Kenjayevga kelsak, yangi aniqlangan ma’lumotlarga ko‘ra, u bilan bog‘liq janjalli holat birinchi bor qayd etilmagan. Marhum bundan avval ham qonli voqealarda ishtirokchi bo‘lgani aytilmoqda. Ichki ishlar xodimlari tomonidan ma’lum qilinishicha, yigit shu kuni bir emas, ikki pichoq bilan klubga kirishga uringan va qo‘riqchilardan biriga tarsaki tushirgach, janjal chiqqan.

Xabaringiz bor, bu voqea Yunusobod tumanida sodir bo‘lgandi. Ayni damda, Abdulla Qodiriy ko‘chasiga ikkita 24 soat faoliyat yuritayotgan qo‘riqlash xizmati butkasi o‘rnatilgan.

Jamshid Kenjayevning vahshiylarcha o‘ldirilishi tasvirlangan video tarqaldi

Manba: www.qalampir.uz
Kiritildi: 20:33, 13.08.2018.
O'qildi: 11842 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.