Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/01 01:00 Brentford 0-0 Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend 0-0 Manchester Siti
03/01 00:45 Kalyari 0-1 Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Xetafe
03/01 16:30 Komo - Udineze
03/01 17:30 Aston Villa - Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta - Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo - Parma
03/01 19:00 Jenoa - Piza
03/01 20:00 Brayton - Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton - Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna - Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus - Lechche
03/01 22:30 Elche - Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut - Arsenal
04/01 00:45 Atalanta - Roma
04/01 01:00 Espanyol - Barselona
04/01 16:30 Lasio - Napoli
04/01 17:30 Lids - Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya - Levante
04/01 19:00 Fiorentina - Cremonese
04/01 20:00 Everton - Brentford
04/01 20:00 Fulhem - Liverpul
04/01 20:00 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem - Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid - Betis
04/01 22:00 Verona - Torino
04/01 22:30 Malyorka - Jirona
04/01 22:30 Alaves - Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti - Chelsi

Yorqin yigirmalik yoxud APL-2018/2019 murabbiylar tarkibi (fotogalereya)

Yorqin yigirmalik yoxud APL-2018/2019 murabbiylar tarkibi (fotogalereya)

Baho:
+ | -

Arsen Venger hamda Antonio Konte Angliya Premyer-ligasini tark etishganiga qaramay, yangi mavsumda ham murabbiylar o‘rtasida ajoyib duellar guvohiga aylanishimiz tayin.

Gap aynan qaysi mutaxassislar haqida borayotganini bilishni istasangiz, quyidagi maqola bilan tanishishni maslahat beramiz.

Xosep Gvardiola («Manchester Siti»)

Bu murabbiy amaldagi chempion, faoliyati davomida Ispaniya, Germaniya hamda Angliya chempionatlarida g‘olib chiqqan. Ikki marta Chempionlar Ligasida zafar quchgan, ammo «shalpangquloq»ning har ikkisini ham «Barselona» ustozi sifatida qo‘lga kiritgan.

Gvardiolaning bugungi kundagi asosiy maqsadi - «Manchester Siti»ni Yevropaning eng kuchli jamoasiga aylantirish.

Joze Mourinyo («Manchester Yunayted»)

Bir yil avval Yevropa Ligasi chempionligida muvaffaqiyat qozondi. O‘tgan mavsumni «MYU» sovrinlarsiz yakunlagan bo‘lsada, APLda ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. «Qizil iblislar»ni Angliya chempionligi uchun kurashishdi deyish qiyin: bu yerda «Siti» o‘zi bilan o‘zi kurashdi, desak to‘g‘riroq bo‘ladi.

Yangi mavsumda «Manchester Yunayted» sovrinlardan tashqari, YECHLdagi avvalgi nufuzini qaytarish uchun ham kurashadi.

Maurisio Pochettino («Tottenxem»)

Garchi «Tottenxem» o‘ziga yarasha ustunliklarga ega bo‘lsada, hamon sovrinlarsiz qolib ketayotgani kishini ranjitadi. Boshqa tomondan, bu jamoani yutuqlarga erishmaganlikda ayblash ham noto‘g‘ri. Axir «shporlar» Pochettino boshchiligida APLda katta kuchga aylanishdi, raqobatchi qo‘shnilari «Arsenal»dan yuqoriroq o‘rinlarni egallashni o‘rganishdi.

Yurgen Klopp («Liverpul»)

Ikki oy avval Klopp yevrokuboklardagi jami uchinchi, shu jumladan, YECHLdagi ikkinchi finalni boy bergandi. Ammo Yurgen yangi urinishlarga tayyorlanmoqda. «Liverpul» yetakchi futbolchilarni saqlab qolishdan tashqari, tarkibni sezilarli tarzda kuchaytirdi.

Eng muhimi, saviyali darvozabon sotib oldi. Xullas, bukmekerlar «qizillar»ni «Manchester Siti»dan so‘ng APL-2018|2019da asosiy favorit sifatida ko‘rishayotgani bejiz emas, albatta.

Maurisio Sarri («Chelsi»)

«Aristokratlar» bir italiyalik mutaxassisni boshqasiga almashtirishdi. «Napoli»ning sobiq bosh murabbiyidagi falsafa yangi mavsumda biz mutlaqo boshqa «Chelsi»ni ko‘rishimizga ishoradek, go‘yo.

Jamoada hujumkorlik, to‘pga egalik qilish, taktik jihatdan mukammal o‘yin shakllansa, bundan ko‘pchilik xursand bo‘lishi tabiiy.

Unai Emeri («Arsenal»)

APLdagi «katta oltilik» murabbiylari orasida faqat birgina pragmatik mutaxassis qoldi - Joze Mourinyo. Qolganlarni esa hech ikkilanmay romantiklar safiga qo‘shish mumkin, ular orasida Emeri ham bor.

Arsen Vengerning 22 yillik faoliyatidan so‘ng «Arsenal»ni Unai qabul qilib oldi va Yevropa Ligasining uch karra g‘olibini jiddiy sinovlar kutib turibdi. Boz ustiga, Ispaniya chempionati orqali yaxshi tanish bo‘lgan Mourinyo va Gvardiolaga yana raqobat tug‘dirishiga to‘g‘ri keladi.

Shon Daych («Bernli»)

Avvalgi chempionatda Daych boshchiligidagi «Bernli» kuchli oltilikdan keyingi o‘rinni egallab, yuqori natija qayd etdi. Yangi mavsumda ham Shon va uning shogirdlaridan bu ko‘rsatkich tasodif emasligini isbotlash talab etiladi.

Marku Silva («Everton»)

Bu portugaliyalik mutaxassis uchun Angliyadagi uchinchi klub hisoblanadi. Avvalgi ish joyi - «Uotford»dan yanvarda iste’foga chiqqandi. O‘shanda «qovog‘arilar»ning natijalari yomonlashgan, klub rahbariyati esa Silvaning «Everton» bilan aloqaga chiqqanidan xabar topgandi.

Shuningdek, Marku «Chelsi»ning vaqtinchalik bosh murabbiyi bo‘lishi haqida ham ma’lumotlar tarqalgandi, ammo u mavsum yakunini kutib, nihoyat, «Gudison Park»ka keldi. «Everton»ning bugungi kundagi tarkibi yomonmas, Silva esa ushbu futbolchilar bilan yaxshi natijalarga erisha oladigan mutaxassis.

Manuel Pellegrini («Vest Xem»)

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 12:28, 15.08.2018.
O'qildi: 4095 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.