Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Rafinya o‘z kelajagi borasida shubhalanmoqda

Rafinya o‘z kelajagi borasida shubhalanmoqda

Baho:
+ | -

Vinger Rafinya «Barselona»dagi kelajagi haqida o‘ylanib qolgan. Bu haqda sport.es portali xabar bermoqda. Futbolchi klub rahbariyati bilan o‘zining ichki holati va ayrim shubhalari borasida suhbatlashgan. Biroq bu yerda gap nizo yoki inqiroz haqida ketmayapti — bu ko‘proq faoliyatini shaxsiy qayta baholash jarayonidir.

Joriy mavsumda braziliyalik futbolchi jarohatlar tufayli bir qator o‘yinlarni o‘tkazib yubordi va bu uning ruhiy holatiga ta’sir qilib, o‘yinlarida beqarorlik kuzatilishiga sabab bo‘ldi. Shunga qaramay, Rafinyaning statistikasi yuqoriligicha qolmoqda (31 o‘yinda 19 ta gol va 8 ta golli uzatma).

Rafinya o‘z faoliyati bo‘yicha yakuniy qarorni mavsum tugaganidan so‘ng va ehtimol, Jahon chempionatidagi ishtirokidan keyin qabul qiladi. Futbolchining asosiy motivasiyasi — Chempionlar ligasida g‘olib chiqish va «Oltin to‘p» uchun kurashishdir. Klub rahbariyati esa braziliyalik futbolchi jamoani tark etmasligiga umid qilmoqda.

Kiritildi: 17:24, 02.05.2026.
O'qildi: 2754 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик