Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/05 00:00 Kristal Pelas 4-0 Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill 3-4 Lion
07/05 18:00 Paxtakor 4-3 Metallurg
07/05 19:00 OKMK 3-4 Nasaf
08/05 00:00 PSJ 0-1 Borussiya D
09/05 00:00 Real Madrid - Bavariya

Angliya premyer ligasidagi tarixiy rekordlar

Angliya premyer ligasidagi tarixiy rekordlar

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasining hisob bo‘yicha 26-mavsumi 10 avgust kuni start oldi va kelasi yil 12 mayga qadar davom etadi. Shubha yo‘q, oldinda bizni o‘ta shiddatli va murosasiz bahslar kutib turibdi.

Zero, dunyo futbolidagi eng raqobatbardosh liga tobora yangi murabbiy va futbolchilar hisobiga boyimoqda. Misol uchun, «Liverpul» dunyo futbolidagi eng qimmatbaho darvozabon (Alisson) APLda o‘ynashini ta’minladi.

Ha, ma’lum darajada yo‘qotishlar ham yo‘q emas. Xususan, Angliya chempionati o‘zining chin afsonalaridan biri Arsen Venger bilan xayrlashdi. Lekin quyidagi maqola «o‘tdi-ketdi»lar emas, balki APL tarixida qayd etilgan turli rekord ko‘rsatkichlar haqida.

O‘ylaymizki, bu kabi ma’lumotlar ko‘pchilik, ayniqsa, ingliz futboli shinavandalarini yetarlicha qiziqtiradi.

Darvoqe, bugun faqat futbolchilar va murabbiylarga tegishli ko‘rsatkichlarga nazar solamiz.

O‘YINLAR SONI VA YOSH BO‘YICHA

Eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi: Garet Barri - 653 ta (1998 yil 2 may - 2018 yil 24 fevral)

Uzluksiz ravishda eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi: Bred Fridel - 310ta (2004 yil 14 avgust -2012 yil 7 oktyabr)

Eng ko‘p mavsum o‘ynagan futbolchi: Rayan Giggz - 22 mavsum (1992|1993 - 2013|2014)

Maydonga tushgan eng yosh futbolchi: Metyu Brijs - 16 yosh 65 kun («Fulxem» safida, 2007 yil 13 may)

Maydonga tushgan eng yoshi katta futbolchi: Jon Barrij, 43 yosh 162 kun («Manchester Siti» safida, 1995 yil 14 may)

GOLLAR BO‘YICHA

Birinchi gol muallifi: Brayan Din («Sheffild Yunayted» safida «MYU»ga qarshi o‘yinda, 1992 yil 15 avgust)

Eng ko‘p gol urgan futbolchi: Alan Shirer - 260ta («Sautgempton», «Blekbern», «Nyukasl», 1992-2006 yillar)

Bitta mavsumda eng ko‘p gol urgan futbolchilar (42ta turdan iborat tizim): Endi Koul - 34ta («Nyukasl», 1993|1994), Alan Shirer - 34ta («Blekbern», 1994|1995)

Bitta mavsumda eng ko‘p gol urgan futbolchi (38ta turdan iborat tizim): Muhammad Saloh - 32ta («Liverpul», 2017|2018)

Debyut mavsumida eng ko‘p gol urgan futbolchi: Kevin Filipps - 30ta («Sanderlend», 1999|2000)

Bir taqvim yili davomida eng ko‘p gol urgan futbolchi: Garri Keyn - 39ta («Tottenxem», 2017)

Bitta klub safida eng ko‘p gol urgan futbolchi: Ueyn Runi - 183ta («MYU»)

Birinchi «xet-trik» muallifi: Erik Kantona («Lids» uchun «Tottenxem»ga qarshi o‘yinda, 1992 yil 25 avgust)

Eng tezkor «xet-trik» muallifi: Sadio Mane - 2 daqiqa 56 soniya («Sautgempton» uchun «Aston Villa»ga qarshi o‘yinda, 2015 yil 16 may)

Gol urgan eng yosh futbolchi: Jeyms Vogan - 16 yosh 270 kun («Everton» safida «Kristal Pelas»ga qarshi o‘yinda, 2005 yil 10 aprel)

Gol urgan eng yoshi katta futbolchi: Teddi Sheringem - 40 yosh 268 kun («Vest Xem» safida «Portsmut»ga qarshi o‘yinda, 2006 yil 26 dekabr)

Eng tezkor gol muallifi: Ledli King - 9,9-soniya («Tottenxem» safida «Bredford»ga qarshi o‘yinda, 2000 yil 9 dekabr)

Zaxiradan maydonga tushib, eng tezkor gol muallifiga aylangan futbolchi: Niklas Bendtner - 1,8-soniya («Arsenal» safida «Tottenxem»ga qarshi o‘yinda, 2007 yil 22 dekabr)

Eng kech urilgan gol muallifi: Dirk Kuyt - 101-daqiqa 48-soniya («Liverpul» safida «Arsenal»ga qarshi o‘yinda, 2011 yil 17 aprel)

Zaxiradan maydonga tushib, 1ta o‘yinda eng ko‘p gol urgan futbolchi: Ole-Gunyar Sulsher - 4ta («MYU» uchun «Nottingem Forest»ga qarshi o‘yinda, 1999 yil 6 fevral)

Qatorasiga eng ko‘p turda gol urgan futbolchi: Jeymi Vardi - 11ta o‘yin («Lester», 2016 yil 29 avgust - 28 noyabr)

Safarda qatorasiga eng ko‘p o‘yinda gol urgan futbolchi: Robin van Persi - 9ta uchrashuv («Arsenal», 2011 yil 1 yanvar - 22 may)

7ta klub uchun gol urgan yagona futbolchi: Kreyg Bellami («Koventri», «Nyukasl», «Blekbern», «Liverpul», «Vest Xem», «Manchester Siti», «Kardiff Siti»)

Bir oy ichida eng ko‘p gol urgan futbolchi: Luis Suares - 10ta («Liverpul», 2013 yil dekabr)

Eng ko‘p avtogol qayd qilgan futbolchi: Richard Dann - 10ta

Eng ko‘p golga assistentlik qilgan futbolchi: Ra-yan Giggz  - 162ta («MYU»)

Bitta mavsumda eng ko‘p golga assistentlik qilgan futbolchi: Tyerri Anri - 20ta («Arsenal», 2002|2003)

Qatorasiga eng ko‘p o‘yinda golga assistentlik qilgan futbolchi: Mesut Ozil - 7ta uchrashuv («Arsenal», 2015 yil 26 sentyabr - 21 noyabr)

---------------------------------------------

APL TARIXIDAGI BARCHA «FLESH» (5TA GOL) MUALLIFLARI

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 04:41, 17.08.2018.
O'qildi: 5364 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.