Fransiyaning “Nissa” klubi Mario Balotelli o‘rniga Ispaniyadan o‘rinbosar topdi. Eslatib o‘tamiz, italiyalik futbolchi jamoani tark etmoqchi. O‘ning o‘rniga “Nissa” “Betis” hujumchisi Antonio Sanabriyani sotib olmoqchi. Bu haqda L’Equipe xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, Sanabriya o‘tgan mavsum 17 ta uchrashuvda 8 ta gol urishga erishgan. Futbolchi avval “Roma” va “Sporting” klublarida to‘p surgan.