Kirish Ro'yxatdan o'tish

Keylor Navasni Angliya grandi sotib olishi mumkin

Keylor Navasni Angliya grandi sotib olishi mumkin

Baho:
+ | -

"Real" darvozaboni Keylor Navas "Manchester Siti"ga o‘tishi mumkin, deya xabar beradi AS.

Manbaga ko‘ra, manchesterliklar rahbariyati jamoa darvozaboni Klaudio Bravoning jarohatidan so‘ng "Real"ning 31 yoshli darvozaboniga qiziqish bildirmoqda. Eslatib o‘tamiz, chililik posbon 20 avgust kuni tovonidan jarohat olgan edi.

Qoidalarga ko‘ra, futbolchilarning og‘ir jarohatlari sababli transferlar oynasi yopilganidan so‘ng ham boshqa futbolchi sotib olinishi mumkin. Angliyada transferlar bozori 9 avgust kuni yopilgan.

Navasning "Real" bilan shartnomasi 2021 yilgacha tuzilgan. U 3 yil davomida madridliklarning asosiy darvozaboni bo‘ldi. Endi "Real" "Chelsi"dan Tibo Kurtuani sotib oldi va shuning uchun Navasni Angliyaga qo‘yib yuborishi mumkin.

Manba: championat.com
Kiritildi: 08:43, 22.08.2018.
O'qildi: 5434 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик