Muayyan tortishuvlardan keyin Belgiya terma jamoasi darvozaboni Tibo Kurtua nihoyat, «Chelsi» bilan xayrlashib, «Real» safiga qo‘shildi.
U «Santyago Bernabeu»da tashkillashtirilgan rasmiy tanishtiruv marosimidan so‘ng maxsus matbuot anjumanida ishtirok etib, jumladan, o‘tishi sabablarini bayon qildi.
ILK HIS-TUYG‘ULAR
- Dunyodagi eng yaxshi jamoa safidan joy olganim bilan faxrlanaman. O‘ta jiddiy sinovni katta ishtiyoq bilan qabul qildim. Hozirda yangi jamoadagi ilk o‘yinimni intiq holda kutyapman.
«MADRID»GA MUXLISLIK
- Hammaga ma’lum, bolakaylar kichiklik paytiyoq qaysidir jamoaga ko‘ngil qo‘yishadi. Misol uchun, men Iker Kasilyas tufayli aynan «Madrid»ga qiziqqanman. Yosh kiperning ulkan mas’uliyatni o‘z zimmasiga olganidan hayratga tushgandim.
Uning 2002 yilgi CHLdan o‘rin olgan «Real» - «Anderlext» uchrashuvida kiygan libosini hamon avaylab asrayapman. O‘shanda 10 yoshli bolakay edim. Umuman, «Madrid» vakillaridan mudom esdalik sovg‘alari olib turganman. Bu klubga hech qachon befarq qaragan emasman.
TAKLIFLAR
- Agar ishonchli o‘ynasang, «Real» senga albatta, e’tibor qaratadi. Ha, juda ko‘p takliflar oldim, ayrimlari moddiy jihatdan manfaatliroq edi. Biroq oila a’zolarim yonida bo‘lishni ixtiyor etdim. O‘zi «Madrid» chorlovi har qanday shubhani daf qiladi - shu klubga talpinganingni sezmay qolasan.
RAQOBAT
- 2014 yili «Chelsi» safiga qaytganimda, hammani bitta savol o‘ylantirgandi: «Chexning munosabati qanday?» Mana, hozir u bilan qadrdon do‘stmiz. Darvozabonlar uchun bu juda muhim.
Qisqasi, yangi jamoadoshlarim bilan til topishib ketishimga shubha qilmayman, garchi kim uchundir jiddiy raqobatchi sanalsam-da. Maqsadim - «Real»ga g‘alabalar va sovrinlarga erishish yo‘lida yordam berish.
RAQAM
- Qaysi raqam ostida o‘ynashim ortiqcha ahamiyatga ega emas - buni jamoa rahbariyati hal qiladi. Asosiysi - yuksak darajada raqobat ko‘rsata olishim.
KASILYAS IBRATI
InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.