Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Kayfiyatni tushirmang yigitlar. Siz maydonda boringizni berdingiz!

Kayfiyatni tushirmang yigitlar. Siz maydonda boringizni berdingiz!

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, Indoneziyada XVIII Osiyo o‘yinlari davom etmoqda. Bugun, mazkur o‘yinlar doirasida O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilari Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi maydonga tushishdi va yakunda 3:4 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘yishdi.

Uchrashuv oldidan mazkur bahs finalga qiyoslangandi va o‘yin davomida bu taxminlar o‘zini to‘laligicha oqladi. O‘zbekistonlik futbolchilar hisobda ikki marotaba ortda qola turib, muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘lishdi. Hattoki hisobda ham oldinga chiqib olishdi.

O‘yin shu darajada keskin tus oldiki, uchrashuv davomida futbol bilan bog‘liq har qanday holatga guvoh bo‘ldik. Gollar shousi, avtogol, qizil kartochka va penalti ham bo‘ldi bahs davomida. Umuman, ana shu jihatdan olib qaraydigan bo‘lsak, o‘yin chorak finalning bezagiga aylandi. Janubiy Koreya terma jamoasi bugun Osiyo o‘yinlarining amaldagi chempioni sifatida maydonga tushdi. Jamoa tarkibida jahonning eng kuchli chempionatlaridan biri hisoblangan Angliya Premyer Ligasining «Tottenxem» klubida to‘p suruvchi Son Xyon Min o‘yinni qo‘lga oldi va muhim vaziyatlarda jamoadoshlarini o‘z ortidan ergashtira oldi.

Afsuski, Ikrom Aliboyevning maydondan chetlashtirilishi bosh murabbiy Ravshan Haydarovning rejalarini o‘zgartirib yubordi va yigitlarimiz qo‘shimcha bo‘limlarni bir kishi kam bo‘lib o‘tkazishga majbur bo‘lishdi. Ekstra taymlar ham ko‘rsatib berdiki, har ikki jamoa ham holdan toygan, barcha penaltilar seriyasini kutayotgandi go‘yo. Ammo, kutilmaganda o‘yin yakunlanishiga uch daqiqa qolganida hakam darvozamiz tomon penalti belgiladi. Koreyalik futbolchilar esa ushbu imkoniyatni qo‘ldan chiqarishmadi. Aynan penaltidan kiritilgan gol sabab Janubiy Koreya terma jamoasi yarim finalga yo‘l oldi.

Shu o‘rinda futbolchilarga aytar so‘zimiz bor:

«Sizlar qo‘ldan kelgancha harakat qildingiz. Buni barcha ko‘rdi! Maydonda boringizni berib o‘ynadingiz va biz buni qadrlaymiz. Albatta, biz sizni final o‘yininda ko‘rishni juda-juda istagandik. Ammo, bu futbol. Unda g‘alaba va mag‘lubiyat yonma-yon yuradi. Shunday ekan, kayfiyatni tushirmang yigitlar! Hayot davom etadi!».

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 16:55, 27.08.2018.
O'qildi: 11586 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик