Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

«Surxon» futbol klubi jarimaga tortildi

«Surxon» futbol klubi jarimaga tortildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Pro Liga 22-tur uchrashuvlari doirasidagi “Surxon” – “Andijon” (0:3) uchrashuvi yakunlangach, stadionga yig‘ilgan mezbon muxlislar o‘yinni boshqarib borgan hakamlar guruhini ommaviy ravishda haqorat qildi.

Shuningdek, hakamlar brigadasi maydonni tark etib, kiyim-almashtirish xonasiga yo‘l olayotgan pallada ularga muxlislar tomonidan turli buyumlar – toshlar va suv idishlar uloqtirildi. Qolaversa, bosh hakam yordamchisi A. Sidorovning ko‘krak qismiga tosh ham kelib tekkani ma’lum bo‘ldi. Hakamlar o‘z xonasiga kirib borgach ham, tashqaridan ular joy olgan xona oynalariga nisbatan ommaviy tosh otishlar to‘xtamadi.

“Surxon” – “Andijon” uchrashuvidan keyin ro‘y bergan ko‘ngilsiz holatlar foto va videofaktlar asosida O‘zPFLning maxsus komissiyasi tomonidan o‘rganib chiqildi. 

Musobaqalar reglamentining “Klublar, jamoalar rahbarlari, futbolchilar va xududiy assosiasiyalar majburiyatlari” bo‘limining 7.3 bandini qo‘pol ravishda buzganligi uchun “Surxon” FKga nisbatan intizomiy va jarimalar kodeksi 1-qismi 5.9 bandini qo‘llagan holda  10.000.000 (o‘n million) so‘m miqdorida jarima belgilandi. Bu hol yana qaytarilsa, klubga nisbatan jiddiyroq jazo – uy uchrashuvlarini muxlislarsiz, bo‘m-bo‘sh stadionda o‘tkazishi borasida ogohlantirish berildi. 

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 19:35, 27.08.2018.
O'qildi: 3678 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик