Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

«Liverpul» Salohni nima uchun polisiyaga topshirdi? (batafsil)

«Liverpul» Salohni nima uchun polisiyaga topshirdi? (batafsil)

Baho:
+ | -

Moskvaning «Lokomotiv» klubi yangi hujumchisi Fyodor Smolov yaqindagina Krasnodar markazida yo‘l harakati hodisasini sodir etib, bahosi 9 million rublga teng BMW M5 First Edition avtomobilini pachoqlagandi.

Xayriyatki, futbolchining o‘ziga shikast yetmadi, atrofda turgan kishilarga ham. Smolov o‘sha payt «Krasnodar» futbolchisi edi va bu klub ko‘ngilsizlikka aytarli munosabat bildirmadi. Xususan, jamoa murabbiyi Oleg Fomenko oddiy izoh berish bilan cheklandi:

«Hech qanday chora ko‘rmaymiz, Fyodorga nisbatan sanksiya qo‘llanilmaydi. Agarda ushbu voqea sababchisining familiyasi boshqa bo‘lganida, bunga hech kim e’tibor qaratmasdi.

Qisqasi, Smolov mashhurligi uchun ham, ko‘pchilik «avariya» haqida gapirmoqda. Vaholanki, har kim shunday holatga tushishi mumkin».

Yakunda sud Smolovning haydovchilik guvohnomasidan bir yil muddatga mahrum qildi. Fyodor o‘z aybini tan oldi va endi yetkazilgan zararni qoplashi kerak.

To‘g‘ri, hujumchi sud majlisida bevosita qatnashgani yo‘q, bu vaqtda Moskvada «Lokomotiv» ixtiyorida edi. Qisqasi, hammasi sud qarori bilan yakunlandi. Angliyada-chi?

Ha, yaqinda Ang­liyada ham shunga o‘xshash holat yuzaga keldi. Shunchaki, o‘xshash holat... Aniqrog‘i, APLning o‘tgan mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi, ha, yana chempionatning eng yaxshi futbolchisi Muhammad Saloh avtomobil boshqaruvida qo‘l telefonidan foydalandi. Bu rasmiy jihatdan taqiqlangan, albatta.

Reallikda esa, ko‘pchilik avto boshqarish payti telefon orqali bemalol gaplashaveradi. Lekin mashhur futbolchilar yoki millionerlar shunday qilishsa, darhol muhokama markaziga tushishadi. Deylik, Saloh tufayli birov shikastlanmagan, hech qanday falokat yuz bermagan - hammasi tinch.

Shunday ekan, «Liverpul» misrlik yetakchisini bu xatti-harakati uchun oddiygina ogohlantirib qo‘ysa ham bo‘lardi. Lekin klub boshqacha yo‘l tutishni lozim topdi - Mersisayd polisiyasiga rasman murojaat qildi.

Aniqroq aytsak, Liverpul jamoasi vakillari tegishli mahkamaga Salohning boshqaruv payti smartfondan foydalanganini tasdiqlovchi videodalolat yuborishdi. Bunisiga nima deysiz?

Qiziq, «Liverpul» nega shunday yo‘l tutdi?

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 20:22, 28.08.2018.
O'qildi: 9167 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.