Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/11 17:00 Xitoy - Yaponiya
19/11 17:00 Indoneziya - Saudiya Arabistoni
19/11 17:00 KXDR - O‘zbekiston
19/11 19:00 Falastin - Janubiy Koreya
19/11 19:00 Qirg‘iziston - Eron
19/11 21:00 Ummon - Iroq
19/11 21:00 BAA - Qatar
19/11 23:15 Bahrayn - Avstraliya
19/11 23:15 Kuvayt - Iordaniya

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi besh kunlik yig‘in boshladi

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi besh kunlik yig‘in boshladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Otabek G‘ulomxo‘jayev boshchilik qilayotgan O‘zbekiston U17 terma jamoasi Toshkentda yig‘in boshladi. U 13 sentyabr sanasiga qadar davom etadi.

Bosh murabbiy mazkur yig‘inga 25 nafar futbolchini jalb qildi. Ular to‘rt kun davomida mahalliy jamoalarga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushadi. Murabbiylar shtabi ishonchini oqlagan futbolchilar oktyabr oyida bo‘lib o‘tadigan Ispaniyadagi xalqaro turnirda O‘zbekiston sharafini himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin.  

25 futbolchidan to‘rt nafari 2002 yilda, qolganlari esa 2001 yilda tavallud topgan. Ular ayni vaqtda 8 ta klub sharafini himoya qiladi: “Navbahor”, “Paxtakor”, “Bunyodkor”, “Buxoro”, “Nasaf”, AGMK, “Neftchi”, “Xorazm” va “O‘zDongJu”. Yig‘inga jalb etilgan futbolchilar bilan quyidagi ro‘yxat orqali tanishib olish mumkin.  

Darvozabonlar:

Abduvohid Ne’matov — “Nasaf”

Asad Polvonov — “Nasaf”

Mo‘minrizo Qodirov — “Bunyodkor” (2002)

Himoyachilar:

Sodiq Ortiqov — “Navbahor”

Saidazamat Mirsaidov — “Paxtakor”

Sunnat Hamidjonov — “Paxtakor”

Eldor Begimov — AGMK

Avaz Mamajonov — AGMK

Asliddin Toshtemirov — “Neftchi”

Odil Abdumajidov — “O‘zDongJu”

Yarim himoyachilar:

Behzod Shamsiyev — “Paxtakor”

Alisher Odilov — “Paxtakor”

Jo‘rabek Ergashev — “Paxtakor”

Xurshid Ubaydullayev — “Bunyodkor” (2002)

Mironshoh Sattorov — “Bunyodkor” (2002)

Muzaffar Olimjonov — “Bunyodkor”

Ibrohim Ibragimov — “Buxoro”

Abubakir Turdialiyev — “Nasaf”

Javohir Yusupov — “Neftchi”

Hujumchilar:

Xushnud Bozorov — “Paxtakor”

Abdulaziz Abdusalomov — “Paxtakor”

Rustam Azimov — “Paxtakor”

Muhammadqodir Rahimbergenov — “Xorazm”

Ruslan Ro‘ziyev — “Paxtakor” (2002)

Abdulloh G‘aybullayev — “Bunyodkor”

Futbolchilar terma lageriga kecha — 9 sentyabr kuni tushdan keyin tashrif buyurgan. Bir kun avval U18 ligasida o‘yinlar bo‘lgani uchun, futbolchilar kecha asosan tiklanish mashg‘ulotlarini o‘tkazgan.  

“Tarkibga jalb qilingan futbolchilar to‘laqonli asosiy tarkib a’zolari demagan bo‘lardim. Biz bir-biridan qolishmaydigan 2—3 tarkib tuzib olishni niyat qilganmiz. Ular doim o‘zaro raqobatda bo‘ladi. Bugun yaxshiroq ko‘rinayotgan futbolchi o‘sishdan to‘xtayotgani sezilsa, uning ko‘rsatkichlari pasayib ketmasligi uchun borimizcha harakat qilamiz. Shu bilan birgalikda ayni vaqtda termada yo‘q, biroq o‘yini tobora kuchayib borayotgan yoshlar keyingi yig‘indan albatta joy oladi”, — deydi Otabek G‘ulomxo‘jayev.

Murabbiy bungacha Qo‘qon, Namangan, Qarshi, Buxoro va Toshkent shaharlarida bo‘lib, U17 termasining kengaytirilgan ro‘yxatidan joy olgan futbolchilarni ko‘zdan kechirib olgandi. Sentyabr davomida mutaxassis mamlakatning yana bir qator shaharlariga tashrif buyurishi rejalashtirgan. Bunda ayniqsa Superliga klublari qoshidagi U18 jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvlar jiddiy kuzatib boriladi. Allaqachon asosiy tarkib bilan shug‘ullanayotgan yoshlar esa doimo terma murabbiylari kuzatuvi ostidadir.

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 13:12, 10.09.2018.
O'qildi: 1837 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.