Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

O‘zbekiston Eronga yutqazdi

O‘zbekiston Eronga yutqazdi

Baho:
+ | -2

O‘zbekiston hamda Eron o‘rtasida kechgan o‘rtoqlik uchrashuvida hamyurtlarimiz mag‘lubiyatga uchrashdi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida terma jamoamiz eronliklarga qarshi munosib tarzda o‘ynashdi.

Biz bir-nechta hujumlarni amalga oshirdik biroq, barchasi samarasiz tarzda yakunlandi. Birinchi bo‘limni nisbatan yaxshi o‘tkazdik. Biroq ikkinchi bo‘limda futbolchilarimiz charchab qolganliklari yaqqol ko‘rinib qoldi.

Ikkinchi bo‘limda Kuper ko‘plab yangi futbolchilarni maydonga tushurdi. Ammo, bu futbolchilar o‘yinga unchalik yaxshi kirishib ketolmadi.

Bu ayniqsa Marat Bikmayev o‘rniga maydonga tushgan Igor Sergeevda ko‘rindi. Ikkinchi bo‘limda raqib bizni hujumlar bo‘roni bilan siyladi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Shu hujumlardan so‘ng Mahdiy Turobiy 67-daqiqada o‘yindagi yagona golni urishga muvaffaq bo‘ldi.

Shundan so‘ng, ham terma jamoamiz ketma-ket xatolarga yo‘l qo‘yishni va himoyaga yotib olishni to‘xtatmadi.

Biz goldan so‘ng ruhan sinib qoldik. Ammo, o‘yin so‘nggida bir-ikkita xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirdik. Biroq, afsuski muvozanatni tenglatira olmadik. Shunday tarzda, Ektor Kuper qo‘l ostidagi O‘zbekiston ilk mag‘lubiyatni qarshilab oldi.

 11 sentyabr, Toshkent. "Milliy" stadioni

O‘zbekiston - Eron - 0:1 

Gol: Mahdiy Turobiy (67)

O‘zbekiston: Eldorbek Suyunov, Vitaliy Denisov (Vladimir Kozak, 72), Anzur Ismoilov, Islom To‘xtaxo‘jayev, Farrux Sayfiyev, Odil Ahmedov, Otabek Shukurov, Eldor Shomurodov (Sanjar Tursunov, 46), Marat Bikmayev (Husniddin G‘ofurov, 46), Sardor Rashidov (Sardor Sobirxo‘jayev, 56), Temurxo‘ja Abduxoliqov (Igor Sergeev, 46)

Eron: Amir Obidzoda, Murtazo Puraliganjiy, Majid Husayniy (Pejman Muntaziriy, 62), Vuriya G‘ofuriy (Sodiq Muharramiy, 46), Milod Muhammadiy, Said Izzatullohiy (Mas’ud Shojaiy, 69), Umid Ibrohimiy, Ashkon Dejog‘a (Somon Quddus, 46), Ali Qulizoda, Alirizo Jahonbaxsh (Mahdiy Turobiy, 46), Karim Ansorifard (Mahdiy Turobiy, 64).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:40, 11.09.2018.
O'qildi: 6454 marta.
Fikrlar: 18 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.