“Tottenxem” klubi darvozaboni Ugo Lyoris sardorlik qilishda davom etadi. Bu haqda “shporlar” bosh murabbiyi Maurisio Pochettino ma’lum qildi.
“Lyoris o‘z qilmishadan pushaymon. U xato ish qilganini tushundi va barcha mas’uliyatni o‘z bo‘yniga oladi. Bu unga dars bo‘ldi deb umid qilaman. Barcha insonlar xato qiladi.
U “Tottenxem”ning sardori bo‘lib qoladimi? Albatta, bu voqea boshqa muhokama qilinmaydi, deydi Pochettino.