"Tottenhem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino jamoa huumchisi Harri Keynning tig‘iz grafik tufayli charchagan, degan fikrga qo‘shilmadi.
"Uni formada deb hisoblayman va atrofdagilarning gaplariga quloq solmayman. Nimaga ishonishimiz muhimroq. U men uchun dunyoning eng yaxshi huumchilaridan biri. Hujumchi gol urmasa, qandaydir sabab topishga urinasiz, ammo u yaxshi formada.
Bu vaqtga bog‘liq, u yana gollar ura boshlaydi. Keyn - klubimiz uchun juda muhim o‘yinchi. U Angliya va Yevropadagi eng yaxshi futbolchilardan biri ekaniga shubha qilmayman", - deydi Pochettino.