Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

OAV: XOQ G‘ofur Rahimovga chaqiriq bilan chiqdi

OAV: XOQ G‘ofur Rahimovga chaqiriq bilan chiqdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) Xalqaro boks assosiasiyasi (AIBA) prezidenti vazifasini bajaruvchi G‘ofur Rahimovni tashkilot rahbari lavozimiga o‘z nomzodini ilgari surmaslikka chaqirdi. Bildirilishicha, bu boksning Olimpiya o‘yinlari dasturida saqlanib qolishini tahdid ostida qoldiradi, deb xabar qilmoqda TASS Inside the games portaliga tayangan holda.

Nashrning xabar berishicha, XOQning etika va talablarga muvofiqlik masalalari bo‘yicha direktori Pakerett Jirar Zapelli Rahimovga maktub yo‘llagan. Unda uning nomzodi AIBA prezidenti lavozimiga qo‘yilishi XOQning Tokiodagi Olimpiada-2020 dasturida boksni saqlab qolish bo‘yicha qaroriga ta’sir o‘tkazishi mumkinligi, sababi u jinoyat olami bilan aloqalarda gumonlanishi haqida aytilgan.

Avvalroq, AQSH Moliya vazirligi xorijiy aktivlar ustidan nazorat qilish bo‘yicha departamenti Rahimovni O‘zbekistonning eng asosiy jinoyatchilaridan biri sifatida sanksiyalar ro‘yxatiga kiritgandi. Shuningdek, AQSH Moliya vazirligi Rahimovning AQSH dollarida istalgan moliyaviy operasiyalarni amalga oshirish imkoniyatiga taqiq qo‘yib qo‘ydi.

AIBA prezidenti saylovlari 3 noyabr kuni tashkilotning Moskvadagi kongressida bo‘lib o‘tadi. Insidethegames xabariga ko‘ra, Osiyo boks konfederasiyasi prezidenti, qozog‘istonlik Serik Konakbayev AIBA rahbarligiga o‘z nomzodini ilgari suradi. AIBA prezidenti saylovlariga ariza bilan chiqishning eng oxirgi muddati - 23 sentyabr.

XOQ tashkilot ijro qo‘mitasining noyabr oyidagi yig‘ilishida 2020 yilgi Olimpiya o‘yinlari dasturida boksni saqlab qolish masalasini ko‘rib chiqadi.

XOQ ayni damda AIBA’ga nisbatan surishtiruv o‘tkazmoqda, u fevralda boshlangan. Ushbu qaror XOQning Pxyonchxanda bo‘lib o‘tgan ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha qabul qilindi. XOQ AIBA’ning boshqaruv, moliya va dopingga qarshi masalalar bo‘yicha hisobotidan qoniqmadi. AIBA sobiq rahbari Ching Kuo Vu iste’foga chiqdi, uning vazifalarini Rahimov bajara boshladi.

Manba: www.kun.uz
Kiritildi: 10:43, 17.09.2018.
O'qildi: 4228 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.