Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Turdosh sport turlari. Boks bellashuvlarida kuchlilar saralanmoqda

Turdosh sport turlari. Boks bellashuvlarida kuchlilar saralanmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Xabar berib o‘tganimizdek, Milliy olimpiya qo‘mitasi bir necha sport turida seleksion musobaqalarni o‘tkazmoqda. Bungacha taekvondo WTF bo‘yicha bahslar yakuniga yetib, unda g‘olib va sovrindorlar nomi aniq bo‘lib ulgurdi.

Shu kunlarda, poytaxtimizdagi «Universal» sport saroyida mazkur turnirda boks bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazilmoqda. Bahslarda kikboks, muaytay, qo‘l jangi bilan shug‘ullanayotgan sportchilar boks bo‘yicha sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib borishmoqda.

Bundan ko‘zlangan maqsad yuqorida qayd etilgan sport turlari vakillariga olimpiya sport turi hisoblangan boks bilan shug‘ullanish va kelajakda Olimpiya o‘yinlarida yurtimiz bayrog‘ini ko‘klarga ko‘tarish uchun imkoniyat yaratib berishdir. Bahslar 8 vazn toifasida tashkil etilmoqda.

Bugun musobaqada saralash bahslari uchrashuvlari yakuniga yetdi. Ertaga yarim final bellashuvlari o‘tkaziladi. 1 oktyabr kuni esa finallar bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, musobaqa yakunida birinchi o‘rin sohiblarining har biriga Milliy olimpiya qo‘mitasi tomonidan 5 million so‘m miqdoridagi pul mukofoti taqdim etiladi. Ikkinchi va uchinchi o‘rin egalari esa mos ravishda 1 million so‘m va 500 000 so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 18:16, 29.09.2018.
O'qildi: 4402 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.