Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod - Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

Davron Fayziyev: «Durang adolatli natija bo‘ldi»

Davron Fayziyev: «Durang adolatli natija bo‘ldi»

Baho:
+ | -

“Dinamo” – “Andijon” (0:0) uchrashuvidan keyin dastlab mezbonlar bosh murabbiyi Davron Fayziyev o‘yin borasidagi savollarga javob qaytardi.

- O‘yin borasida to‘xtaladigan bo‘lsam, fikrimcha durang ikki tomon uchun ham adolatli natija bo‘ldi. Sababi, bunday bahslarda bitta gol o‘yin taqdirini hal etadi. Biz ham, raqiblarimiz ham o‘yin yakunigacha o‘sha golni urishga intildik, ammo g‘alabani ilib ketish ikki tomonga ham nasib qilmadi.

Negadir uyimizdagi o‘yinlarni jamoamiz juda qiyin o‘tkazmoqda. Bunga eng avvalo bosh murabbiy sifatida mening aybim bor. Buni yana tahlil qilamiz. Bugun “Andijon” jamoasi ham bejizga peshqadam emasligini ko‘rsatdi.

O‘yin kurashlarga boy o‘tgan bo‘lsada, gollar yo‘qligi o‘yinni bezamadi. Biz har qanday holatda ham maqsad sari kurashishda davom etamiz. Oldinda bizni “Andijon”ga qarshi safar o‘yini kutib turibdi. Bahs og‘ir o‘tishi aniq. Har qanday holatda ham biz faqat g‘alaba uchun kurashamiz.

Oldinda to‘liq 4-davra o‘yinlari kutib turibdi. Jadvaldagi kuchli beshlikdagi barcha jamoada imkoniyat bor. Hal qiluvchi turlarda hech kimga oson bo‘lmaydi.

Manba: www.fcdinamo.uz
Kiritildi: 10:29, 01.10.2018.
O'qildi: 2526 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик