Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Otabek Imomov – O‘zbekiston kamondan otish federasiyasining yangi raisi

Otabek Imomov – O‘zbekiston kamondan otish federasiyasining yangi raisi

Baho:
+ | -

Bugun, 5 oktyabr kuni poytaxtimizdagi “Milliy” stadionining anjumanlar zalida O‘zbekiston kamondan otish federasiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi mutasaddilari, kamondan otish federasiyasi xodimlari, viloyatning federasiya bo‘limi vakillari, sportchi va murabbiylar, shuningdek, ommaviy axborot vositasi xodimlari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishni O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti maslahatchisi Komiljon Xudoyberganov olib bordi.  Konferensiya davomida bungacha erishilgan yutuqlar, qo‘lga kiritilgan muvaffaqiyatlar uchun federasiyaning avvalgi raisi Jamoliddin Boboxonovning xizmatlari alohida qayd etildi va minnatdorchilik ramzi sifatida unga zarbop cho‘pon kiydirildi.

Shundan so‘ng Otabek Sobitjonovich Imomov nomzodi O‘zbekiston kamondan otish federasiyasi raisi lavozimiga taklif qilindi. Konferensiya ishtirokchilari bir ovozdan ushbu nomodni qo‘llab-quvvatladilar. Shu tariqa O.Imomov O‘zbekiston kamondan otish federasiyasining raisi lavozimiga saylandi.

Sir emaski, kamondan otish bo‘yicha O‘zbekiston jahonda yetakchi mamlakatlar qatorida e’tirof etilmaydi. Ammo, yangi rahbariyat kelajakda sportning ushbu turini rivojlantirish, ommalashtirishni maqsad qilgan.

“Asosiy maqsadimiz davlatimiz rahbari tomonidan sport yo‘nalishi bo‘yicha qo‘yilgan vazifalarni bajarishdir. Kelajakda yangidan-yangi marralarni zabt etamiz. Nasib qilsa Tokio 2020 Olimpiya o‘yinlariga nafakat lisenziya qo‘lga kiritamiz, balki medallar uchun ham harakat qilamiz”, – dedi federasiyaning yangi raisi Otabek Imomov.

Milliy olimpiya qo‘mitasi yangi rahbariyatga bu yo‘lda muvaffaqiyatlar tilaydi.

   

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 16:28, 05.10.2018.
O'qildi: 2055 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.