Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal
13/09 17:00 Selta 1-1 Malaga
13/09 18:00 Koventri Siti 0-5 Brayton
13/09 18:00 Lechche 3-2 Monsa
13/09 19:15 Levante 2-4 Barselona
13/09 20:30 Man. Yunayted 0-1 Manchester Siti
13/09 21:00 Napoli 1-0 Bolonya
13/09 21:30 Xetafe 1-1 Deportivo
13/09 23:45 Sassuolo 3-2 Yuventus
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko
14/09 18:45 Neftchi - Al-Quva al-Javiya
14/09 21:00 Shabab al-Ahli - Traktor
14/09 21:00 Ash-Shamol - Al-Ittihod
14/09 23:15 Al-Ahli (SA) - Paxtakor
14/09 23:15 Al-Qodisiya - Al-Vasl
14/09 23:15 Istiqlol - As-Sadd
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen - Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka - Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers - Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi - Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan - Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim - Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa

Andrey Kanchelskisni «Navbahor»ga Alisher Usmonov olib keldimi?

Andrey Kanchelskisni «Navbahor»ga Alisher Usmonov olib keldimi?

Baho:
+ | -

Namangan viloyat futbol assosiasiyasi vise-prezidenti Shamshod Ergashovich Sarikov Andrey Kanchelskisning Namanganga kelishi Alisher Usmonovga bog‘liq emasligini aytib o‘tdi.

Andrey Kanchelskisning “Navbahor”ga kelishida asli namanganlik bo‘lgan rossiyalik milliarder Alisher Usmonovning hissasi bormi?

- Bu barchani qiziqtirayotgan va o‘rinli savol bo‘ldi. Biz anchadan buyon Alisher Usmonov bilan muzokara olib boryapmiz. Ta’kidlaganingizdek, u asli namanganlik va o‘z tug‘ilib-o‘sgan shahrini yaxshi ko‘radi.

Ayni paytda Alisher Burxanovich bilan homiylik borasida muzokara olib boryapmiz. U Vatani - O‘zbekistonni juda sevadi va Alisher Usmonov buni Prezident Shavkat Mirziyeyov bilan uchrashuvi chog‘ida ham e’tirof etdi.

Alisher Burxanovichning “Navbahor”ga homiylik yordami berishi va klubimizga  e’tibor qaratishidan umidvormiz. Lekin Andrey Kanchelskisning “Navbahor” bosh murabbiyi lavozimini egallashida Alisher Usmonovning aloqasi yo‘q.  

“Navbahor”ga Andrey Kanchelskisni olib kelishdan oldin mahalliy mutaxassislarga ham taklif bilan chiqildimi?

Biz 3 nafar mahalliy kuchli mutaxassislar bilan muzokara olib bordik. Ularning kimligini o‘zinglar ham anglagan bo‘lsanglar kerak. Nomzodlar orasida Ravshan Haydarov va yaqindagina O‘zbekiston olimpiya terma jamoasini qabul qilib olgan Mirjalol Qosimovlar bor edi. Ammo biz jamoaga aynan Yevropa futboli havosini olib kirish uchun Andrey Kanchelskisni taklif etdik. 

“Paxtakor” ustozi Shota Arveladze Namangandagi “Markaziy” o‘yingoh maysasidan joriy mavsumdagi Namanganda o‘tkazilgan bahslardan keyingi matbuot anjumanida noligandi. Maydon holatini yaxshilash borasida qandaydir ishlarni amalga oshirish rejasi bormi?

Namanganda “Paxtakor”ga qarshi o‘tgan uchrashuvlardan so‘ng so‘ng poytaxtliklar ustozi Shota Arveladze maydon maysasi haqida salbiy fikrlar bildirgandi. Birinchi o‘yindan keyin maydon chimidan noligan mutaxassis, bir yarim oydan so‘ng yana Namanganga kelib, maydon holati haqida yana gapirdi.

Har qanday futbol mutaxassisi ham bir yarim oy ichida maysani a’lo darajada keltirish mumkin emasligini yaxshi biladi. Ya’ni qisqa vaqt oralig‘ida bu ishni qilish juda mushkul. Buning uchun hech bo‘lmaganda kamida olti oy yoki bir yil vaqt ketadi.

Bu haqda juda ko‘p bora bosh qotirdik. Ushbu masala bo‘yicha hozirda ayrim tashkilotlar bilan muzokara olib bormoqdamiz. Tez kunlarda Qarshidagi “Markaziy” o‘yingoh maydoni bilan shug‘ullangan mutaxassislar Namanganga yetib kelishadi. Ayni damda kelgusi yilning iyun oyi oxiriga qadar o‘yingoh chimini yaxshi holatga keltirishni o‘ylab turibmiz.

Rossiyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida foydalanilgan maydon chimlaridan olib kelish rejalashtirilgan. Hozirda Kosonsoydagi stadion holatini ham o‘rganmoqdamiz va ish rejasini ishlab chiqqanmiz. Yaqin kunlarda bu masala ham o‘z yechimini topadi.

Alisher Uzoqovning jamoaga taklif etilishiga Odil Ahmedovning aloqasi bormi?

Yo‘q. Alisher Uzoqovning klubga piar direktor bo‘lishiga Odil Ahmedovning hech qanday aloqasi yo‘q. Alisherni men yaxshi bilaman. U bilan qadrdonmiz. Uzoqovning jamoamizga foydasi tegishiga ishonaman.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:47, 07.10.2018.
O'qildi: 7190 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик