Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

O‘smirlar Olimpiadasi sovrindori MOQning esdalik sovg‘asi bilan taqdirlandi

O‘smirlar Olimpiadasi sovrindori MOQning esdalik sovg‘asi bilan taqdirlandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Xabar berib o‘tganimizdek, Argentinada bo‘lib o‘tayotgan o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarining ilk kunida taekvondochimiz Ulug‘bek Rashitov kumush medal sohibiga aylandi. Uning medali O‘zbekiston terma jamoasi uchun Buenos-Ayresdagi musobaqada dastlabkisi bo‘ldi.

Taqdirlash marosimidan so‘ng Olimpiya shaharchasida o‘ziga xos kichik yig‘ilish tashkil qilindi. Milliy olimpiya qo‘mitasi vakillari g‘olib sportchi va uning murabbiyini tabriklashdi.

Ushbu tadbirda Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov ham ishtirok etdi.

«Oltin medal uchun biroz omad yetishmadi. Ammo musobaqaning birinchi kunidayoq medal qo‘lga kirita olganimizdan xursandmiz. Umid qilamizki, bundan keyin medallarimiz soni yanada ko‘payadi va yuqori natijalar bilan O‘zbekiston xalqini xursand qilamiz», – dedi Bosh kotib.

Shundan so‘ng Jasur Matchanov an’anaga ko‘ra sportchimizga O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi logotipi tushirilgan maxsus eksklyuziv soatni esdalik sovg‘asi sifatida taqdim etdi.

So‘ngra ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi va unda tashkiliy masalalar, oldinda kutilayotgan musobaqalar, bajariladigan topshiriqlar muhokama qilindi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 10:39, 08.10.2018.
O'qildi: 2037 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.