“Valensiya” yarim himoyachisi Gonsalu Gedesh ”Barselona”ga qarshi o‘yinda jarohat oldi.
21 yoshli futbolchi uchrashuvning 12-daqiqasida oyog‘ mushaklaridan jarohatlandi va maydonni tark etdi.
Marca nashrining ma’lum qilishicha, Gedesh jarohatida sabab 3 haftaga safdan chiqdi.
Ma’lumot uchun, portugaliyalik futbolchi joriy mavsum beshta o‘yinda maydonga tushib, bitta golga assisentlik qildi.