Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

Toshkentda FIFA va OFKning tibbiyot mavzusidagi seminari bo‘lib o‘tadi

Toshkentda FIFA va OFKning tibbiyot mavzusidagi seminari bo‘lib o‘tadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

O‘FA 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonov FIFA va OFK rahbariyati bilan uchrashuv chog‘ida yurtimizdagi futbol klublari shifokorlarining malakasini oshirish maqsadida, Toshkentda tibbiyot mavzusida turli seminarlar tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishgan edi. Ana shu kelishuvga ko‘ra  joriy yilning 9-12 oktyabr kunlari poytaxtimizda FIFA va OFKning tibbiyot mavzusidagi seminari bo‘lib o‘tadi.

Seminarni o‘tkazishdan asosiy maqsad yurtimizdagi futbol klublarida faoliyat olib borayotgan shifokorlarning malakasini oshirish, ularning professional darajalarini yuksaltirishdan iborat. Ma’lumki, Superliga formati o‘zgarganidan keyin futbol klublari tig‘iz taqvim ostida to‘p surmoqda. Futbolchilar qisqa vaqt ichida ko‘p o‘yin o‘tkazishga majbur bo‘lishyapti. Bu holatga futbolchilar organizmini tayyorlash, katta yuklamalardan keyin ularning tiklanish jarayonini tezlashtirish uchun zarur bo‘ladigan choralar haqida FIFA hamda OFKdan tashrif buyurgan mutaxassislar tomonidan qatnashchilarga ma’lumotlar beriladi.

Bundan tashqari, seminarda  futbolda shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish hamda antidoping mavzusida nazariy bilimlar berilib, amaliy mashg‘ulotlar ham o‘tkaziladi.

Mazkur tadbirda Markaziy Osiyo futbol assosiasiyasi (CAFA)ga a’zo davlatlar ya’ni, Afg‘oniston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Eron hamda O‘zbekistonning futbol klublaridan vakillar ishtirok etadilar. Seminar “Milliy” stadionning anjumanlar zalida tashkillashtiriladi.

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 14:52, 08.10.2018.
O'qildi: 1756 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.