Fransiyaning “Monako” klubi bosh murabbiyi Leonardu Jardim iste’fosi haqida fikr bildirdi.
“Men 4 yildan oshiq “Monako”da ishlaganimdan faxralanaman. Men doim ishtiyoq bilan ishladim va boridan foydalandim. Biz birgalikda ajoyib 4 yilni o‘tkazdik bu xotiralar abadiy xotiramda qoladi”, deydi Jardim.
Ma’lumot uchun, Jardim “Monako”da 2014 yil beri faoliyat olib boradi . Uning qo‘l ostida “Monako” 2016/17 mavsumda Fransiya chempioni bo‘ldi, shuningdek, ular chempionlar ligasini yarim finaligacha yetib borgan.
Avvalroq, “Monako”ni Tyerri Anri yoki Klaudio Ranyeri boshqarishi mumkinligi haqida aytgandik.