Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Antxon Charola Eskudero: «Ispaniyada akademiyalar sport shaharchalariga aylantirilmoqda»

Antxon Charola Eskudero: «Ispaniyada akademiyalar sport shaharchalariga aylantirilmoqda»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Professional futbol ligasi hamda Ispaniya La ligasining hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvga asosan Ispaniya Primerosida ishtirok etayotgan “Eybar” klubining U-15 jamoasi O‘zbekistonga o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish uchun tashrif buyurgani.

Ertangi o‘yin oldidan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Azamat Abduraimov va “Eybar” U-15 jamoasi bosh murabbiyi Antxon Charola Eskuderolar ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Antxon Charola Eskudero: – Bu tashkil etilayotgan o‘rtoqlik o‘yini kelajakda yana ko‘plab tashkil etiladigan o‘zaro o‘yinlar uchun debocha bo‘lib xizmat qilishiga ishonaman. Qo‘l ostimdagi jamoani men bu yil qabul qilib oldim.

Ertangi o‘yin orqali jamoamning imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazib olaman. Ispaniyada  11 yoshgacha bo‘lgan bolalar alohida maktabda shug‘ullanishadi. Keyin 11 yoshdan akademiyada o‘qish uchun ularda imkoniyat paydo bo‘ladi. Akademiyada 7 bosqichli o‘qish sistemasi yo‘lga qo‘yilgan.

Barcha bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan futbolchilar “Eybar”ning asosiy jamoasida hamda boshqa professional klublarda o‘ynash imkoniga ega bo‘ladilar. Hozirda “Eybar” asosiy jamoasining 50 foizidan ortig‘i o‘z tarbiyalanuvchilarimizdan iborat. Bizda akademiyalar sport shaharchalariga aylantirilmoqda. Bu esa qamrovni yanada kengroq olish imkoniyatini beradi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasining “Eybar” U-15 jamoasiga qarshi bahsi 14 oktyabr kuni Toshkentdagi TTYMI stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin soat 15:00da start oladi

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 14:59, 13.10.2018.
O'qildi: 4595 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.