Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut 1-1 Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi 3-0 Mash’al
28/02 19:00 Komo 3-1 Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv 3-1 Surxon
28/02 19:15 Dinamo 1-2 Navbahor
28/02 20:00 Byornli 3-4 Brentford
28/02 20:00 Liverpul 5-2 Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl 2-3 Everton
28/02 20:15 Barselona 4-1 Vilyarreal
28/02 22:00 Verona 1-2 Napoli
28/02 22:30 Malyorka 0-1 Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids 0-1 Manchester Siti
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese - Milan
01/03 18:00 Elche - Espanyol
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem - Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted - Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo - Atalanta
01/03 19:00 Brayton - Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm
01/03 20:15 Valensiya - Osasuna
01/03 21:30 Arsenal - Chelsi
01/03 22:00 Torino - Lasio
01/03 22:30 Betis - Sevilya
02/03 00:45 Roma - Yuventus
02/03 01:00 Jirona - Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya

O‘zbekiston yoshlari ikki durangdan so‘ng Fransiyadan kichik hisobda yengildi

O‘zbekiston yoshlari ikki durangdan so‘ng Fransiyadan kichik hisobda yengildi

Baho:
+ | -
O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Otabek G‘ulomxo‘jayev Shotlandiya va Belgiya termalariga qarshi o‘yinlarda katta hajmdagi ishni bajargan futbolchilarni Fransiyaga qarshi dastlabki daqiqalardan maydonga tushirmadi. Bular: Hojimat Erkinov, Jasur Jaloliddinov, Mirshoh Sattorov, Odil Abdumajidov. Shuningdek, darvozabon Abduvohid Ne’amatov mashg‘ulotda orttirib olgan jarohati sabab o‘yinni qo‘yib yubordi.    Birinchi bo‘limda maydonda teng kurash bordi va xavfli hujumlar ko‘p bo‘lgani yo‘q. O‘zbekistonlik futbolchilar asosan e’tiborni himoyaga qaratdi. To‘p bilan muomalada fransiyaliklar ko‘proq bo‘ldi.    Hisob 33-daqiqaga kelib Koba Koindrede tomonidan ochildi. Jarima maydonchasi ichida himoyachilar uni qarovsiz qoldirdi. To‘pni egallab olgan Koba to‘pni darvozaga aniq yo‘llay oldi. Shuningdek, 4-daqiqada Bilol Benhedim tomonidan yo‘llangan zarba darvoza ustuniga tegib, maydonga qaytdi.     Ikkinchi bo‘limni o‘zbekistonlik futbolchilar ikki o‘zgarish bilan boshladi, o‘yin tezlashdi. Natijada fransiyalik futbolchilar ketma-ket uch bor jarima maydonchasi yaqinida o‘yin qoidasini buzishga majbur bo‘ldi.    47-daqiqada Jasur Jaloliddinovning jarimadan yo‘llagan zarbasini darvozabon qaytardi. 62-daqiqada Hojimat Erkinov qarama-qarshi nuqtadan o‘ng oyoqda zarba yo‘lladi, biroq uning zarbasiga ozgina aniqlik yetishmadi. 65-daqiqadagi jarima zarbasi ancha xavfli ko‘rinish oldi. Hojimat Erkinov darvozaning olis burchagini nishonga olgandi. Biroq darvozabon ajoyib seyv bilan to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.   Shu kuni Otabek G‘ulomxo‘jayev zaxiradagi barcha futbolchilarga o‘zini ko‘rsatish uchun imkoniyat taqdim etdi. Uchrashuv Jan-Luk Vanuchchi shogirdlarining kichik hisobdagi g‘alabasi bilan yakuniga yetdi.    15 oktyabr, dushanba Marbella, Ispaniya   FRANSIYA U18 — O‘ZBEKISTON U17 1:0 Gol: Koba Koindrede, 33 (1:0).  Ogohlantirish: Sunnat Hamidjonov (90+2).  Fransiya U18: 16. Lukas Shevaliyer — 2. Yann Gudart, 3. Rayan Ayt Nuri, 5. Loik Mbe Soh, 6. Keprem Tyuram, 9. Ulrik Brad Eneme Ella, 10. Noa Massengo Kan, 11. Tirone Tormin, 12. Befode Diakite, 15. Koba Koindrede, 17. Bilol Benhedim. Zaxiradagilar: 1. Stefan Bajich — 4. Uilyam Saliba, 7. Lukas da Kunya, 8. Joris Shotard, 13. Matyu Gonsalvesh, 14. Vendel Kinas, 18. Kuadio Kone, 19. Yanis Begri.    O‘zbekiston U18: 12. Asad Polvonov — 23. Eldor Begimov, 3. Asliddin Toshtemirov (4. Odil Abdumajidov, 46), 14. Sunnat Hamidjonov, 6. Ibrohimhalil Yo‘ldoshev (2. Saidazamat Mirsaidov, 85) — 11. Begzod Shamsiyev (9. Mironshoh Sattorov, 40), 17. Diyor Ramazonov (16. Muhammadqodir Rahimbergenov, 70 — 5. Maksim Kim, 85) — 8. Ibrohim Ibragimov (22. Muzaffar Olimjonov, 60 — 10. Xushnud Bozorov, 85) — 13. Alisher Odilov (15. Hojimat Erkinov, 35), 19. Ruslan Roziyev (18. Ulug‘bek Hoshimov, 70) — 7. Abdulaziz Abdusalomov  (20. Jasur Jaloliddinov, 46). Zaxiradagilar: 1. Abduvohid Ne’matov; 2. Saidazamat Mirsaidov; 5. Maksim Kim, 10. Xushnud Bozorov, 16. Muhammadqodir Rahimbergenov, 22. Muzaffar Olimjonov; 18. Ulug‘bek Hoshimov.
Manba: ufa.uz
Kiritildi: 21:27, 15.10.2018.
O'qildi: 3689 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.