Buenos-Ayresda III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlari davom etmoqda. Bugun bir qator sportchilarimiz musobaqa doirasida medallar uchun startga chiqadilar.
E’tiboringizga bugungi bellashuvlarda yurtimiz sharafini himoya qiladigan sportchilarimiz ro‘yxatini taqdim etamiz:
Slalom (saralash va final)
Gulbahor Fayziyeva
Sherzod Hakimjonov
Yengil atletika (uchxatlab sakrash, final)
Islam Sibagatulin
Roksana Xudoyarova
Boks (yarim finallar)
-56 kg: Abdumalik Xalakov
-69 kg: Jahongir Rahmonov
-81 kg: Timur Merjanov.