“Manchester Yunayted” jamoa himoyachisi Lyuk Shou bilan yangi shartnoma imzolaydi. Bu haqda The Times xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, futbolchining yangi shartnomasi 2023 yilgacha mo‘ljallangan bo‘ladi. Futbolchining maoshi 6 million yevrodan 9,5 million yevroga ko‘tariladi. Shuningdek, futbolchi jamoadagi eng ko‘p maosh oluvchi himoyachiga aylanib oladi.
Eslatib o‘tamiz, joriy mavsum 23 yoshli Shou mankunianliklar safida 9 ta o‘yinda qatnashdi va 1 ta gol urdi.