Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Abdumalik Xalakov: «Raqibdan revansh olindi, oltin medal va vazifa bajarildi»

Abdumalik Xalakov: «Raqibdan revansh olindi, oltin medal va vazifa bajarildi»

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Argentinadagi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sport delegasiyasiga so‘nggi oltin medalni bokschimiz Abdumalik Xalakov taqdim etdi.

Ushbu muvaffaqiyat o‘z-o‘zidan paydo bo‘lgani yo‘q. U musobaqa davomida Argentina, Albaniya, Ukraina vakillarini mag‘lubiyatga uchratdi. Bokschimiz finaldagi g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«O‘yinlarga lisenziya qo‘lga kiritishning o‘zi qiyin bo‘lgandi. Budapeshtda o‘tkazilgan jahon chempionatida beshta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongandim.

O‘shanda o‘z oldimga o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarida chempion bo‘lish vazifasini qo‘ygandim. Bundan boshqa o‘rinni o‘ylab ham ko‘rmagandim va tayyorgarliklarga zo‘r berdim.

Garchi, muxlislar tinimsiz ravishda qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsalarda, argentinalik bokschiga qarshi jangda ko‘p ham qiynalganim yo‘q. Finalda esa ukrainalik raqibga qarshi bahs qiyin bo‘ldi. U jang davomida ring bo‘ylab qochib yurdi.

Ozarbayjonda o‘tkazilgan musobaqada unga mag‘lub bo‘lgandim. Bu safar men revansh olmoqchi edim. O‘zaro hisob-kitoblarimiz bor edi. Men ko‘rsatmalarni to‘liq bajardim. Endi kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatida ishtirok etmoqchiman.

Hali yanada rivojlanishim kerak. Kelajakda o‘z imkoniyatlarimni kattalar o‘rtasidagi Olimpiadada namoyish etmoqchiman», – dedi bokschi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 10:49, 20.10.2018.
O'qildi: 1932 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.