Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Borussiya D 1-0 PSJ
02/05 20:30 Iroq 2-1 Indoneziya
02/05 23:30 Chelsi 2-0 Tottenhem
03/05 20:30 Yaponiya 0-0 O‘zbekiston
03/05 22:00 Tuluza - Monpelye
03/05 23:45 Torino - Bolonya
04/05 00:00 Luton - Everton
04/05 00:00 Lans - Loryan
04/05 00:00 Xetafe - Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal - Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad - Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr - Strasbur
04/05 19:00 Byornli - Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted - Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford - Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid - Kadis
04/05 20:00 Monako - Klermon
04/05 21:00 Monsa - Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti - Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona - Barselona
04/05 22:00 Mets - Renn
04/05 23:45 Sassuolo - Inter
05/05 00:00 Brest - Nant
05/05 00:00 Malyorka - Atletiko

Paolo Maldini: «Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinni qayta o‘tkazishlarini xoxlayman»

Paolo Maldini: «Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinni qayta o‘tkazishlarini xoxlayman»

Baho:
+ | -

«Milan»ning strategik rivojlanish sport departamenti direktori Paolo Maldini La Gazzetta dello Sport nashri tomonidan uyushtirilgan Festivel dello Sport marosimiga tashrif buyurdi.

Mazkur tadbirda sobiq futbolchi faoliyatining boshlanishidan hozirgacha bo‘lgan vaqt borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Faoliyatining boshlanishi haqida

- Avvaliga hujumda o‘ynaganman. To‘pni yoqtirib qolgandim. Naslimda shunday insonlarning borligi bunga sabab bo‘lgan. To‘p - futbol olamining harakatlanishiga sababchi buyum. «Milan»ga kelganimda qaysi pozisiyada o‘ynashimni so‘rashgan. Lekin bolalar jamoasida mening aniq bir pozisiyam bo‘lmagan. «Milan»da esa chap qanot himoyasi bo‘sh ekan. Shu tariqa ushbu chiziq a’zosiga aylandim.

«Milan»dagi rekordlari haqida

- Ajoyib jamoada ko‘plab o‘yin o‘tkazishingiz uchun omadli bo‘lishingiz kerak. Hech qachon shaxsiy obro‘ va individual sovrinlar ortidan quvmaganman. Futbol - jamoa­viy sport turi. Faoliyatimdan mamnunman. Oilam tarixi 50-yillardan beri «Milan» bilan bog‘liq. Faoliyatimni yakunlaganimda, o‘g‘lim klubning yoshlar jamoasida o‘ynayotgandi.

Oilaning muhimligi haqida

- Men uchun futbolchi va insonni ajratish qiyin. Sportchi professional bo‘lishi, kayfiyati sportdan tashqaridagi hayotiga ta’sir o‘tkazmasligi kerak. Ota-onam birinchi navbatda aynan shu narsani o‘rgatishgan. Men ham farzandalarimga shunday uqtirdim. Gap faqat futbolda emas, balki butun hayotda.

«Milan»dagi debyuti haqida

- Ungacha «A» seriyada o‘ynashim mumkinligi haqida o‘ylamagandim. Uchrashuv yakunlanganidan keyin esa, buni uddalash mumkinligiga guvoh bo‘ldim.

- Yoshlar kuchsizlanib ketdimi yoki tizim aybdormi?

- Iqtidorli va aksincha, kuchsizroq avlod bo‘ladi. Hozirda kuchli yosh futbolchilar bor. Lekin tizim yordam bermayapti. Hattoki, professional darajada o‘ynay olmaydiganlarni ham ko‘ryapmiz. Bu borada bosh qotirmasak bo‘lmaydi. Ikkinchi jamoalarni tashkil qilish lozim, murabbiylar yoshlarga imkon berishlari kerak. Futbol aynan shu yo‘nalishda ketishi darkor. Aks holda, biz past natijalar guvohiga aylanaveramiz.

- Afsuski, Sakki murabbiylikni davom ettirmadi

- Ha. U biz uchun o‘ta muhim hisoblangan. Ambisiyali, ko‘plab g‘oyalarga ega murabbiy edi. U «Milan»ga juda kerakli paytda kelgandi. Stress uni barbod qildi. Daholar bilan o‘zi shunday bo‘ladi.

- Uning g‘oyalari 30 yildan keyin ham zamonaviymi?

- Ko‘plab g‘oyalari. Futbolda inqilob yuz berdi, dunyo o‘zgardi. Lekin ayrim bazaviy prinsiplar hamisha aktual bo‘ladi.

- Kapello murabbiydan ko‘ra ko‘proq menejer bo‘lganmi?

- Yo‘q. U ham menejer, ham ajoyib murabbiy bo‘lgan. Fabio ustozlik qilganida buni 100 foiz sifatli bajarardi.

«Barselona»ga qarshi final haqida

- Balki o‘shanda «Milan» birinchi bor final favoriti bo‘lmagandir. O‘sha uchrashuvda bir necha kun oldin «V» seriya vakili bo‘lgan «Fiorentina»ga qarshi bahs olib borib, 0:2 hisobida imkoniyatni boy berganmiz. Kapello kiyinish xonasiga kirib, «Yigitlar, biz juda kuchlimiz. Finalda aniq yutamiz!» degandi.

Markaziy himoyadagi dastlabki harakati haqida

- Bu absolyut debyut bo‘lmagan. «Milan»dagi birinchi mavsumimda markazda o‘ynaganman. Terma jamoada ham JCH-1994da shu pozisiyada to‘p surganman.

Sakki va Kapello haqida

- Sakki o‘ta qattiqqo‘l edi. Undan hozir ham cho‘chiyman (kuladi). Juda yosh bo‘lganman va tinimsiz o‘rganardim. Biz Sakki, Kapello va Anchelotti haqida gaplashyapmiz. Lekin men uchun hammasi Lidxolmda boshlangan. U meni futbol o‘ynashga o‘rgatgan va faoliyatimga start bergan. Aynan undan «Milan»ning buyuk davri boshlangan.

Anchelottining ishi haqida

- Bu ajoyib bo‘lgandi. Karlo - kollektivni boshqarishning ustasi. Do‘stim, sobiq jamoadoshim. U bilan ishlashdan rohatlanardim.

Anchelottining «Napoli»dagi ishi haqida

- «Parma»da u o‘z sxemasidan voz kechishni istamagan. Bu Karlo uchun muhim tajriba edi. «Napoli»da Insinye va Gamshiklarning pozisiyalarini almashtirdi. Ular oldingi chiziqlarda ham yuqori saviya namoyish qilishadi.

Yevrokuboklar va chempionatlar uchun alohida murabbiylar bo‘ladimi?

- Sakki bilan to‘rtta chempionatning bittasida zafar quchganmiz. Hamisha «Nima uchun Italiyada Yevropadagi kabi zafar qucha olmadik?» deb o‘ylardim. Balki u har qanday sharoitda ham bir xil o‘ynashni istagandir?! Lekin aynan shu jihat tufayli xalqaro arenada zafar quchardik.

- Gattuzo - kubok uchunmi yoki chempionat uchunmi?

- Ko‘ramiz. Shu mavsumda hammasi ko‘rinadi. Rinoning imiji juda o‘zgardi. Oldin uning xarakteri haqida gapirishardi. Lekin u murabbiy sifatida o‘smoqda. Bejizga unga ishonch bildirmayapmiz.

- Uning murabbiy bo‘lishini kutganmidingiz?

- Rino hech narsadan qo‘rqmaydi. Unda eshitish qobiliyati bor. Bu yosh murabbiy uchun juda muhim.

- Berluskonini eslaganda xayolga keladigan birinchi so‘z

- Prezident, mening prezidentim. Vizioner. U keliboq «Jahonda eng kuchli bo‘lamiz», degandi. Hamma kulgan. Qiyin vaqtlar edi. Biz nimani o‘zgartirishimiz kerakligini tushunmasdik.

- «Monsa» «A» seriyaga

chiqadimi?

- Menimcha, ular buni uddalashadi. Galliani futbol haqida gapirganda ko‘zlari yonib turadi. Futbol - bu kasallik. Uning davosi yo‘q. Bu funksionerlarning qaytishlaridan hayratlandim. Endi ularga muxlislik qilaman.

Galliani bilan

munosabatlari haqida

- 25 yil birga ishlasangiz, mojarolar bo‘lishi odatiy hol. O‘z ishimda hamisha ham mening fikrimga qo‘shilavermaydiganlarni jamlamoqchiman. Aynan shunda rivojlanish mumkin.

Istanbuldagi final haqida

- JCH-1994da Braziliyaga boy bergan finalimiz faoliyatimning eng yomon damlari bo‘lgandi. Ammo futbolda hamisha natijani qabul qilish kerak. Ayniqsa, qo‘lingizdan kelgan barcha ishni qilsangiz. Nima uchun shunday bo‘lgandi? Oxirigacha tushuna olmaganmiz. G‘alaba qozonish uchun keragidan ortiq vaziyatlarni yuzaga keltirganmiz. Jamoaning kayfiyatini oddiy bir holat o‘zgartirib yuborishi mumkin. Agar kuchli bo‘lsangiz, qiyinchiliklarni yengib o‘tasiz. Xayriyatki, keyinchalik buning uddasidan chiqqanmiz.

- YECHL finalida ehtiroslarni qanday jilovlash kerak?

- Agar 20 yoshda bo‘lsangiz, bu qiyin. Maydonga tushasiz, o‘ynaysiz. Bordi-yu, 30 yoshda bo‘lsangiz, hammasi boshqacha. Biroq g‘alaba qozonishni juda xohlaysiz. Chunki boshqa imkoniyat bo‘lmasligini his qilib turasiz.

- Eng kuchli uch raqib

- Maradona o‘zgacha edi. Buyuk chempion Platiniga qarshi o‘ynaganman. Lekin Maradona - bu Maradona. Shuningdek, «Inter»dagi Ronaldo bor edi. U maydonda hamma ishni bajarardi. Yana... Totti. Garchi faqat chempionatda to‘qnash kelgan bo‘lsak ham.

- Messimi yoki Ronaldu?

- Krishtianuni ranjitmoqchi emasman, u fenomenal futbolchi. Ammo Messini tanlayman. U futbol dahosi, maydonda o‘zini qanday tutishini qarang. Deyarli hech qachon nolimaydi. Oxirgi 15 yilda undan kuchli futbolchi chiqmadi.

Terma jamoa haqida

- 2006 yili o‘ynashdan bosh tortdim. Ular esa g‘alaba qozonishdi. Bu taqdir. Terma jamoadagi tarixim ajoyib va yoqimli. JCH-2002 1|8 finalidan o‘rin olgan Janubiy Koreyaga qarshi uchrashuvni qayta o‘tkazishlarini istardim. Bundan oldin hakamlarga hech qachon jahl qilmaganman. Lekin o‘sha kecha ilojsiz qolganman. Unga rafiqam o‘rgatgan ispan tilida shunday yomon gaplarni aytganman...

Tennisga muhabbati haqida

- Hammasi boshqacha. Tennisda hamisha diqqatingizni bir joyga jamlashingiz kerak. Bu chaqiriq. Men chaqiriqlarni yaxshi ko‘raman. Menga o‘yinning o‘zi yoqadi. Tizzalarim yoqtirmaydi, lekin o‘zim yaxshi ko‘raman.

«Milan»ga qaytishi haqida

- Yozgi ICC turnirida ta’tilda edim. Leonardo qo‘ng‘iroq qilib, uni klubga chaqirishayotganini aytdi. Bir necha kundan so‘ng u yana qo‘ng‘iroq qilib, mening bu boradagi fikrim bilan qiziqdi. Biz hammasini 10 kun muhokama qildik. Keyin u mendan qaytishni istash yoki istamasligimni so‘radi. Oradan ikki kun o‘tib biz kelishib oldik.

Lavozimi haqida

- Biz Leo bilan sport masalalarini hal qilamiz. Gap jamoani boshqarish, futbolchilar, murabbiylar, xaridlar va sotishlar haqida bormoqda. Yana bir vazifamiz - klub imijini yaxshilash.

Kuningiz qanday o‘tadi?

- Leonardo bilan ofisimiz bir, ertalab o‘sha yerga boraman. Klubga eng yomon paytda qaytdim. Transfer bozori ochilgandi va hech kim futbol haqida o‘ylamayotgandi. Xayriyatki, mavsum boshlandi va dam olish, jamoa bilan uchrashish imkoniyatiga ega bo‘ldik.

Maqsadlar haqida

- Tajribamizdan kelib chiqib, prinsiplarni joriy qilmoqchimiz. Maqsadimiz - Yevropa maydonlariga tezroq qaytib, yanada kuchli bo‘lish. Uch yillik shartnomamiz bor. Bu unchalik ko‘p emas, ammo harakat qilamiz.

Futbolchilar haqida

- Bizga kuchli klubning qo‘llashini his qilish muhim edi. Hozir ham shunday. Dialog juda kerak. YECHL haqida gapirish oson. Biroq ishonchim komilki, jamoa buning uddasidan chiqadi. Asosiy maqsadimiz shu.

Paketa haqida

- Transfer oynasi yopilgan. U iqtidorli, imkoniyatini 100 foiz namoyish qilmadi. Ammo orzu qilsa bo‘ladigan futbolchi.

Yaqinlashayotgan derbi haqida

- So‘nggi yillarda derbi ancha qiziq kechmoqda. Bu o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘yayotgan ikki jamoa o‘rtasidagi to‘qnashuvdir.

Turnir jadvalidagi holat haqida

- Biz kuchli to‘rtlikka kirishimiz kerak. Hozircha «Napoli» va «Roma» singari kuchli raqiblarga qarshi o‘ynadik. Yana shiddatli to‘qnashuvlar haqida o‘ylashimiz kerak.

Yevropa Ligasi haqida

- Trend o‘zgardi. O‘tgan mavsum Italiya klublari YELda yaxshi o‘yin namoyish qilishdi. Bu turnirdagi g‘alaba Chempionlar Ligasiga yo‘llanma beradi. Yevropa Ligasida biror marta g‘alaba qozonmaganmiz.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 12:02, 21.10.2018.
O'qildi: 4771 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.