Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/11 17:00 Xitoy - Yaponiya
19/11 17:00 Indoneziya - Saudiya Arabistoni
19/11 17:00 KXDR - O‘zbekiston
19/11 19:00 Falastin - Janubiy Koreya
19/11 19:00 Qirg‘iziston - Eron
19/11 21:00 Ummon - Iroq
19/11 21:00 BAA - Qatar
19/11 23:15 Bahrayn - Avstraliya
19/11 23:15 Kuvayt - Iordaniya

«Changgi chiqqan ko‘chalarda qolayotgan dong‘i chiqqan matematik chempion» endi uyli bo‘ladi

«Changgi chiqqan ko‘chalarda qolayotgan dong‘i chiqqan matematik chempion» endi uyli bo‘ladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Ommaviy axborot vositalarida xalqaro olimpiadalar g‘olibi, Qorako‘l tumanidagi 52-maktabning 9-sinf o‘quvchisi Doniyor Ismoilov, oilaviy qiyinchilik tufayli vaqtini to‘liq ilm olishga sarflay olmayotgani, bo‘sh vaqtlarida va yozgi ta’tilda u non sexlarida ishlab oilasiga yordam qilib kelayotgani haqida maqolalar chop etildi.

Doniyor Ismoilov matematika bo‘yicha xalqaro olimpiadalarning ko‘p karra qatnashchisi.

Bolgariya, Hindistonda o‘tgan matematika bo‘yicha eng nufuzli xalqaro tanlovlarning g‘olibiga aylangan. 3 karra oltin, 2 bora kumush medal sohibi hisoblanadi.

OAVda tarqalgan xabarlarga Buxoro viloyat hokimi O‘ktam Barnoyev munosabat bildirib, o‘zining «Feysbuk»dagi sahifasida post qoldirdi:

«Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidagi «Qoraun» qishlog‘ida yashovchi, matematika fani bo‘yicha xalqaro olimpiadalar g‘olibi Doniyor Ismoilov haqida ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinayotgan maqolalar shov-shuvga aylangani bor gap.

Ayniqsa, O‘zA axborot agentligi tomonidan bugun e’lon qilingan «Changgi chiqqan ko‘chalarda qolayotgan dong‘i chiqqan matematik chempion» sarlavhasi ostidagi xabar Buxoro viloyati hokimligi hamda qator mutasaddi tashkilotlari rahbarlarining e’tiborini o‘ziga jalb etmay qo‘ymadi.

Shu kuni Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev Doniyor Ismoilov hamda uning onasi Lobar Rahimova bilan uchrashdi. Joriy yilning 31 dekabriga qadar viloyat hokimligi tomonidan uy-joy qurib berilishi, viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan noutbuk, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi tomonidan shaxsiy kutubxona yaratib berilishi belgilandi», deyiladi viloyat hokimining postida.

Manba: www.xabar.uz
Kiritildi: 09:33, 23.10.2018.
O'qildi: 2580 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.