Xabaringiz bor, shu yilning iyul oyida poytaxtimizda Markaziy Osiyo futbol assosiasiyasiga (CAFA) a’zo mamlakatlarning U-16 va U-15 terma jamoalari o‘rtasida xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tgandi.
Bugun O‘zbekiston futbol assosiasiyasida mazkur musobaqani yoritishda faol bo‘lgan bir guruh ommaviy axborot vositalari xodimlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosimda Markaziy Osiyo futbol assosiasiyasi prezidenti, O‘FA 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonov, tashkilot Bosh kotibi Sanjar Rizayev va OAV xodimlari qatnashishdi.
Umid Ahmadjonov musobaqalarni yoritishda jonbozlik ko‘rsatgan OAV xodimlariga minnatdorchilik bildirib, ularga tashkilot nomidan tashakkurnoma va sovg‘alar topshirdi.
"MOFA va O‘FA tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, musobaqalar borasida fikr-mulohazalar, takliflar bo‘lsa ularni tinglashga hamisha tayyormiz. Birgalikda o‘zbek futbolini yangi bosqichga olib chiqamiz. Buning uchun Sizlar bilan bir tanu bir jon bo‘lib harakat qilishimiz kerak", - dedi Umid Ahmadjonov.
Shuningdek, MOFA prezidenti kelgusi musobaqalarda ham jurnalistlardan ana shunday faollik kutib qolishini ta’kidlab o‘tdi.
Kukurelya, Gavi va Pedri va’dasida turdi. Endi navbat Yamalga (foto) [3620]
«Manchester Yunayted» Reshfordga yangi raqam beradi (FOTO) [3175]
"Real" hujumchisi YECHLda ishtirok etadigan klubga o‘tmoqchi [2684]
«Manchester Siti» «Barselona» yarim himoyachisi bilan muzokara boshladi [2599]
Urugvayda to‘p stadiondan uchib chiqib, yo‘l-transport hodisasiga sabab bo‘ldi (video) [2444]
Ronalduning to‘yi haqidagi mish-mish Madeyrada 2 mingdan ortiq muxlisni to‘pladi (foto) [2232]
"Barselona" Romero uchun kurashni kuchaytirdi [2161]
Messi Argentinada otasi Xorxening dafn marosimida qatnashdi [2031]
Rodri uchun «Barselona» va «Manchester Siti» so‘nggi tafsilotlarni hal qilmoqda [1975]
Rasman: Portugaliyalik yarim himoyachi «An-Nasr»ga o‘tdi [1827]













