Kirish Ro'yxatdan o'tish

Prezident topshirig‘iga ko‘ra kollejlarda sport musobaqalariga start berildi

Prezident topshirig‘iga ko‘ra kollejlarda sport musobaqalariga start berildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Qashqadaryodagi mavjud 135 ta kasb-hunar kollejida aholining barcha qatlamlari o‘rtasida sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini o‘tkazish maqsadida, sportning 12 turidan iborat musobaqalarga start berildi. Bu hakda viloyat O‘rta-maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmasi xabar berdi.

22 oktyabrdan 22 dekabrga qadar bosqichma-bosqich o‘tkazib boriladigan sport musobaqalarida kollej o‘quvchilari, pedagoglari va ishchi xodimlari ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Musobaqa qatnashchilari chillik, zuvullatar, tosh ko‘tarish, arqon tortish kabi milliy o‘yinlarda ham kim kuchli ekanligini aniqlab olishadi.

"Bugun muassasamizning yettita guruhida tahsil oluvchi o‘g‘il bolalar jamoalarga bo‘lingan holda futbol, sakkizta guruhida tahsil oluvchi qizlar jamoasi esa voleybolda o‘zaro kuch sinashmoqda", – deydi Qarshi tumanidagi Agrosanoat kasb-hunar kolleji direktori Muzaffar Abbosov. – O‘quvchilar va xodimlarning maxsus sport kiyimlari kollejimizning tikuvchilik sexida o‘quvchilarimiz tomonidan tayyorlangan".

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 20 sentyabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda bir nechta viloyatlarda jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishiga to‘siq bo‘layotgan omillar xususida aytilgan. Shuningdek, Sirdaryo, Navoiy, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida qurilish ishlari orqada qolayotgan inshootlar bo‘yicha topshiriqlar berilgan edi.

Manba: www.turon24.com
Kiritildi: 22:23, 24.10.2018.
O'qildi: 2033 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.