Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/10 21:30 Napoli 3-1 Komo
04/10 23:45 Verona 2-1 Venetsiya
05/10 00:00 Leganes 0-0 Valensiya
05/10 16:30 Kristal Pelas - Liverpul
05/10 17:00 Espanyol - Malyorka
05/10 18:00 Udineze - Lechche
05/10 19:00 Arsenal - Sautgempton
05/10 19:00 Brentford - Vulverhempton
05/10 19:00 Lester - Bornmut
05/10 19:00 Vest Xem - Ipsvich
05/10 19:00 Manchester Siti - Fulhem
05/10 19:15 Xetafe - Osasuna
05/10 21:00 Atalanta - Jenoa
05/10 21:30 Las-Palmas - Selta
05/10 21:30 Valyadolid - Rayo Valyekano
05/10 21:30 Everton - Nyukasl
05/10 23:45 Inter - Torino
06/10 00:00 Real Madrid - Vilyarreal
06/10 15:30 Yuventus - Kalyari
06/10 17:00 Jirona - Atletik Bilbao
06/10 18:00 Bolonya - Parma
06/10 18:00 Lasio - Empoli
06/10 18:00 Chelsi - Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa - Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves - Barselona
06/10 20:30 Brayton - Tottenhem
06/10 21:00 Monsa - Roma
06/10 21:30 Sevilya - Betis
06/10 23:45 Fiorentina - Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad - Atletiko

«Metallurg»: Ustunlikda o‘tgan safar uchrashuvi boy berildi

«Metallurg»: Ustunlikda o‘tgan safar uchrashuvi boy berildi

Baho:
+ | -

Superliga 27-turini safarda “Buxoro” jamoasiga qarshi o‘tkazgan “Metallurg” kichik hisobda imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Bevosita uchrashuv tafsilotiga to‘xtaladigan bo‘lsak, mazkur o‘yin ikkala jamoa uchun ham muhim ahamiyat kasb etardi. Mezbonlar ikkinchi bosqichda hali bironta ochko jamg‘armaganligi bois bu uchrashuvga hayot mamot o‘yini sifatida qarashayotganligi sir emasdi. Yutuqdan boshqasi “Buxoro”ni qanoatlantirmasdi.

“Metallurg” esa Buxoroga “Bunyodkor” ustidan erishilgan g‘alabadan keyin ko‘tarinki kayfiyatda kelgan, ijobiy natijaga erishgudek bo‘lsa hatto to‘rtinchi o‘rin uchun yaxshi imkoniyatga ega bo‘lardi. Bundan tashqari barcha jamoalarga yutqazayotgan jamoaning tushkun kayfiyatidan foydalanib qolish imkoniyati mehmonlarda mavjud edi.

Uchrashuv ham bekobodliklar uchun omadli boshlandi. Mezbonlarning dastlabki tazyiqini bartaraf etgan mehmonlar qarshi hujumga o‘tishdi. Birinchi zarbani Zohid Abdullayev berdi. Biroq zarbaga biroz aniqlik yetishmadi. Navbatdagi standart vaziyat esa “Metallurg”ga hisobni ochish imkoniyatini taqdim etdi.

Burchakdan to‘p o‘yinga kiritib berilganda mezbonlar himoyachisi to‘pni qo‘li bilan qaytarib qoldi va Timur To‘xtasinov ikkilanib o‘tirmasdan 11 metrlik nuqtani ko‘rsatdi. Penaltini Islom Isoqjonov amalga oshirdi. Ammo uning zarbasi noaniq chiqdi va to‘p darvoza to‘sini ustidan o‘tib ketdi.

Futbolda sen gol urmasang, senga urishadi degan ibora bejizga paydo bo‘lmaganligi tez orada yana isbotini topdi. “Buxoro”ning unchalik xavfli bo‘lmagan qanot hujumi kutilmaganda darvozaning ishg‘ol etilishi bilan yakunlandi. Chap qanotdan Akobir To‘rayev darvoza tomon anchagina olis masofadan zarba berdi. Yaqin burchakka berilgan zarbadan so‘ng to‘pni na himoyachilarimiz, na darvozabon qaytardi va u to‘rdan o‘rin egalladi – 1:0.

Shundan keyin ham bekobodliklarda gol kiritish imkoniyatlari bo‘ldi. Shahzod Shaymanov yaqin masofadan bosh bilan darvozaga to‘pni kirita olmagan bo‘lsa, Xudoyshukur Sattorovning o‘tkir burchak ostida tepgan to‘pi darvoza to‘siniga tegib qaytdi.

Ikkinchi bo‘limda ham tashabbus mehmonlar tomonida bo‘ldi. “Buxoro” jamoasi asosiy e’tiborni himoyaga qaratgan holda qarshi hujum taktikasidan foydalandi. Tan olish kerak, mezbonlarda shunday qarshi hujumlardan ikkitasida gol kiritishlari mumkin edi.

Birida Javohir Ilyosovning ajoyib seyvi bekobodliklarni muqarrar goldan saqlab qolgan bo‘lsa, yana birida Sherzod Fayziyevning birgina o‘zi mezbonlarning to‘rt nafar o‘yinchisiga qarshi bas kela oldi.

Shunga qaramasdan mehmonlar mag‘lubiyatdan qutilish qolishlari mumkin edi. Biroq Suhrob Nurulloyevning zarbasidan so‘ng to‘p darvoza ustuniga tegib maydonga qaytgan bo‘lsa, Zafar To‘rayevning gollik zarbasida Akmal Tursunboyev jamoasini goldan qutqardi.

Shuningdek, Islom Isoqjonov, Abbos Otaxonovlar ham vaziyatlardan foydalana olishmadi. “Buxoro” futbolchilari esa raqibning asabiga tegish, kichik follar evaziga vaqtni cho‘zish uslubidan “unumli” foydalandi. Bu esa ikkinchi taymda sariq kartochkalarning qo‘payib ketishiga sabab bo‘ldi. Hatto mezbonlar sardori Shavkat Salomov o‘yin yakunlanishi arafasida maydondan chetlatildi. Hisob esa uchrashuv oxirigacha o‘zgarmay qoldi...

“Buxoro” – “Metallurg” – 1:0 (1:0).

24.10.2018 yil. “Buxoro sport majmui”.  6315 tomoshabin.

Hakamlar: Temur To‘xtasinov, Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov, Rahimbek Karimov.

Nazoratchi hakam: Sardor Najafaliyev.

PFL komissari: Baxtiyor Namozov.

Gol: Akobir To‘rayev, 18 (1:0).

Amalga oshirilmagan penalti: Islom Isoqjonov (11).

“Buxoro”: Akmal Tursunboyev, Arslanmurat Amanov, Salamat Qutiboyev, San’at Shixov, Bexruz Shodmonov (Vlad Larinov, 88), Akobir To‘rayev (Aziz Ibragimov, 63), Shavkat Mullajonov, Ergash Ismoilov, Mirjalol Jumayev, Suhrob Ne’matov (SHavkat Salomov, 53), Javohir Qahramonov.

“Metallurg”: Javohir Ilyosov, Abbos Otaxonov, Shahzod Shaymanov, Islom Isoqjonov, Zohid Abdullayev, Jasur Hasanov (Suhrob Nurulloyev, 46), Davron Umirov (Zafar To‘rayev, 72), Stanislav Andreev, Sherzod Fayziyev, Xudoyshukur Sattorov, Abror Xusinov (Zabihillo O‘rinboyev, 58).

Ogohlantirishlar: Suhrob Ne’matov (53), Ergash Ismoilov (60), Javohir Qahramonov (88), Arslanmurat Amanov (90+2) – Zafar To‘rayev (74), Abbos Otaxonov (80), Shahzod Shaymanov (83), Islom Isoqjonov (88), Suhrob Nurulloyev (90+4).

Chetlatish: Shavkat Salomov (90+4).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:31, 24.10.2018.
O'qildi: 1383 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.