Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

PFL 2019 yilgi mavsum talablarini kuchaytiradi

PFL 2019 yilgi mavsum talablarini kuchaytiradi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston Professional futbol ligasi Pro-liga klublari haqida OAVda yozilayotgan maqolalarni kuzatib bormoqda. Sizga shuni ma’lum qilamizki, tashkilot klublar bilan yuz berayotgan muammolardan xabardor. 

Mavsum avvalidayoq bu kabi muammolarning bo‘lishi taxmin qilingan bo‘lsa-da, tuman hokimliklari o‘z jamoalarining kelajaklariga kafil bo‘lganidan so‘ng, ular musobaqaga shartli ravishda qo‘yilgan. Ehtiyot chorasi sifatida Pro-liga jamoalari ikki guruhga ajratib qo‘yilgandi. Buning sababi shundaki, Professional futbol ligasi o‘z ligalari sonini oshirishga tayyorgarlik ko‘rishni boshlagan.

Kelasi mavsumdan boshlab Pro-liga klublariga qo‘yiladigan talablar oshiriladi va uning ishtirokchilaridan Superliga klublari bilan raqobat olib borish imkonini beruvchi moddiy-texnik baza talab qilinadi. Ayni vaqtda Pro-liganing “B” guruhida to‘p surayotgan va kelasi mavsumda ham faoliyatini davom ettirish istagida bo‘lgan, lisenziyalashning Pro-liga talablarini bajara olmagan, shuningdek, yangi tashkil etiladigan klublar uchun alohida 2-liga musobaqasi tashkil etiladi. 

Ayni vaqtda PFL komissiyasi 2019 yilgi mavsum uchun lisenziyalash talablarini ishlab chiqmoqda. Dekabrga qadar O‘zbekistonning barcha futbol klublari lisenziyalash talablaridan voqif qilinadi. Futbol klub tashkil etish istagida bo‘lgan istalgan jismoniy va yuridik shaxslar lisenziyalash reglamentini qo‘lga kiritishi hamda uning asosida faoliyatini tashkil etishi mumkin bo‘ladi. 

Endilikda noprofessional klublar birdaniga Superliga orzusi bilan yashamaydi, ular Pro-ligada to‘p surish maqsadida yillar davomida jiddiy mehnat qilishiga to‘g‘ri keladi. O‘z navbatida PFL bu kabi klublardan futbol maktabi, akademiyasi, ayollar futboli, futzal kabi masalalarni talab ham qilmaydi. Ular lisenziyalashning 2-liga klublari uchun qo‘yiladigan shartlarini bajarganlari holda faoliyatlarini davom ettirishlari mumkin. Superliga va Pro-liga jamoalari esa bosqichma-bosqich teng ko‘rinishga keltiriladi. Ular orasidagi tafovut yildan-yilga qisqarib borishi bunda asosiy omil bo‘ladi. 

Hozircha aniq bo‘lgani, kelasi mavsumda ham O‘zbekiston Superligasida 12 ta klub chempionlik uchun kurash olib boradi. Pro-ligadagi klublar sonini PFL aniq ko‘rsatib o‘tmaydi. Jamoalar soni lisenziyalash talablari asosida belgilanadi. Ungacha esa Pro-liganing ayrim klublari mavsumni yakunlab olishlari uchun, futbolchilar, murabbiylar shtabi ishsiz qolib ketmasligi uchun imkoniyat taqdim etilmoqda. 

Kelasi mavsumda tuman yoki shahar hokimliklarining shunchaki kafilligi hech qanday ahamiyatga ega bo‘lmaydi. Barcha futbol klublari o‘zlarining ayni vaqtdagi holatlaridan kelib chiqib lisenziyalash talablaridan o‘tkaziladi va saralanadi. Lisenziyalash reglamenti, musobaqalarni o‘tkazish reglamenti, tartib-intizom masalalari bo‘yicha reglamentlar birinchi galda o‘zbek tilida, keyin rus tilida chop etiladi va jamoatchilik e’tiboriga havola qilinadi. 

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, PFL jamoalar soni, format masalasi, klublardan talab qilinadigan masalalar yuzasidan o‘z prinsiplarini himoya qilishga harakat qiladi. Shuningdek, davlat korxonalari tomonidan moliyalashtiriladigan klublarning futbolchi hamda  murabbiylar bilan tuziladigan shartnomasi, yilda ikki bor hisobot beruvchi moliyaviy va yuridik xujjatlari kabi masalalarni bir xil ko‘rinishga keltiradi. Ish beruvchi va xodimlar o‘rtasidagi shartnomalar tuzish, ularni bekor qilish kabi masalalardagi yillar davomida yechimini topmay kelgan masalalarni jiddiy nazoratga oladi.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 16:07, 25.10.2018.
O'qildi: 3244 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.