Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko

Muzaffar Muzaffarov: Kubok finalida g‘alaba qozonib, OCHLga chiqmoqchimiz

Muzaffar Muzaffarov: Kubok finalida g‘alaba qozonib, OCHLga chiqmoqchimiz

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogi-2018 final uchrashuvida AGMK va “Paxtakor” jamoalari qarama-qarshiligiga guvoh bo‘lamiz.

Har ikki jamoa ham hal qiluvchi bellashuvga tayyorgarlik jarayonini davom ettirmoqda. AGMK jamoasi mohir yarim himoyachilaridan biri Muzaffar Muzaffarov final oldidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi:

- O‘zbekiston kubogi finali – juda muhim uchrashuv. Finalga chiqish uchun bir qator jamoalar qarshiligini yenggishga to‘g‘ri keldi. Endi finalda ham o‘z xarakterimizni namoyish etishimiz talab etiladi.

Men faoliyatim davomida ilk marta final o‘yinida maydonga tushish imkoniyatiga ega bo‘lyapman. Bundan juda mamnunman. Butun jamoamiz final bahsida chiroyli o‘yin namoyish etib, Osiyo Chempionlar ligasida qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritishni maqsad qilmoqda.

Maydonda o‘z mahoratimizni ko‘rsatib, ishqibozlarimizga chiroyli g‘alaba taqdim etishga urinamiz, - dedi futbolchi o‘yin oldidan.  

Ta’kidlash joiz, O‘zbekiston kubogi-2018 final uchrashuvi Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin 28 oktyabr kuni soat 15:00da boshlanadi.  

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 13:22, 26.10.2018.
O'qildi: 2597 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик