Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/11 05:00 Urugvay - Kolumbiya
14/11 05:00 Peru - Chili
14/11 14:10 Avstraliya 0-0 Saudiya Arabistoni
14/11 17:00 KXDR 2-3 Eron
14/11 19:00 Bahrayn 0-1 Xitoy
14/11 19:00 Kuvayt 1-3 Janubiy Koreya
14/11 21:00 Ummon 1-0 Falastin
14/11 21:15 Iroq 0-0 Iordaniya
14/11 21:15 Qatar 3-2 O‘zbekiston
14/11 21:15 BAA 3-0 Qirg‘iziston
15/11 02:00 Venesuela 1-1 Braziliya
15/11 04:30 Paragvay 2-1 Argentina
15/11 05:00 Ekvador 4-0 Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya - Yaponiya

Alisher Nikimboyev: "JCH-2022 ishtirokchilarining 48 ta bo‘lishi Qatar uchun muammo emas"

Alisher Nikimboyev: "JCH-2022 ishtirokchilarining 48 ta bo‘lishi Qatar uchun muammo emas"

Baho:
+ | -

FIFA navbatdagi mundial ishtirokchilari sonini 48 taga yetkazishni muhokama qilmoqda.

FIFA prezidenti Janni Infantino bu yangilik bilan dunyoni hayron qoldirdi: 2026 yildagi jahon chempionati ishtirokilari soni 48 ta bo‘lishi, navbatdagi mundialda - Qatar-2022 dayoq amalga oshishi mumkin. Bu mumkinmi? Asosiysi - nima uchun?

Ekspert JCH-2022 ishtirokchilarining kengaytirilishiga baho berdi: "Bu Qatar uchun muammo emas".

FIFA prezidenti Janni Infantino OFK kongressida so‘zga chiqib, shunday dedi: "Biz jahon chempionati ishtirokchilari sonini 2022 yilda bo‘lib o‘tadigan musobaqadayoq 48 taga yetkazmoqchimiz. Agar buning iloji bo‘lsa, nima uchun yo‘q? Bu masalani Qatar va hududning boshqa mamlakatlaridagi hamkasblarimiz bilan muhokama qilyapmiz.

Mana shu "hududning boshqa malakatlari..." jumlasi juda muhim. 48 ta terma jamoa ishtirok etadigan formatga o‘tish, kichikkina Qatar uchun (115 kv km, maydoni bo‘yicha dunyoda 158-o‘rinda) 48 ta baza va maydonlar va ishqibozlar oqimi ko‘plik qilmaydimi?

Bularni tushunish uchun "Moskovskiy komsomoles" nashri Qatar Futbol Assosiasiyasi musobaqalarni o‘tkazish bo‘yicha texnik eksperti Alisher Nikimboyevga murojaaat qildi.

- Infantino nomida gapira olmayman. Ammmo hududning boshqa mamlakatlari bilan muzokaralar faqat ishqibozlarni joylashtirish haqida boradi. Jamoalar sonining 48 taga yetishi muxlislar tashrifini bir yarim barobarga oshishiga olib keladi. Agar Xitoy final bosqichiga chiqib qolsa? Tasavvur qilasizmi, musobaqaga qancha sayyoh keladi? Bazalar, mashg‘ulot maydonlari va stadionlarga kelsak, muammo bo‘lishi mumkin emas, Qatar 48 ta terma jamoa va 80 ta o‘yinni ko‘tara oladi.

- Avval mo‘ljallangan stadionlar (12 ta) hozir 8 tagacha kamaygani ma’lum bo‘ldi. Bu muammo bo‘lmaydimi? Bunday holatda har bir stadionda bir oyda 10 ta o‘yin o‘tishi kerak, bu esa infrastrukturaga, birinchi navbatda maydon maysasiga katta og‘irlik keltirib chiqaradi.

- Hozircha, yakuniy qarorga kelingani yo‘q, stadionlar 9 taga yetkazilishi musmkin. Bittasi hozirdan to‘liq tayyor, yana ikkitasi bir yarim yil ichida topshiriladi, 2020 yilning bahoriga barcha 8 stadion tayyor bo‘ladi. To‘qqizinchi arena borasida muzokaralar davom etmoqda. Bir oyda 9 o‘yin - bu muammo emas. Biz stadionlarimizni favqulodda holatlarda tekshiruvdan o‘tkazdik. Hato mundial o‘yinlari o‘tkazilmaydigan stadionlarning maysasi ham yagona standart bo‘yicha to‘shalgan. Bu maydonlar barcha sinovlarga dosh berdi. Sinovlar aynan musobaqa o‘tadigan noyabr-dekabr oylarida o‘tkazildi. Hatto JCH o‘yinlari o‘tkaziladigan "Halifa" stadionida avgust oyidan 40 kun mobaynida 14 ta o‘yin o‘tkazildi va maysaga zarar yetmadi.

- Agarki, Janni Infantino bu g‘oyani ovoza qilgan ekan, bu qaror deyarli qabul qilindi deb hisoblasa bo‘ladimi?

- Buni aytolmayman. Bilganim - shayx Tamim, Qatar amiri, Rossiyadagi JCH-2018 vaqtida buni FIFA bilan muhokama qilgan.Bu Qatar uchun kutilmagan burilish bo‘lmaydi, biz voqealar rivojining bu ko‘rinishiga tayyormiz. Darvoqe, rossiyaning 4 klubi yanvarda tijorat musobaqasida qatnashadi, futbolchilar va muxlislar bazalar va stadionni ko‘rishlari mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari bizning bazalarmizda ko‘plab klublar o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazadilar, shuning uchun barcha 48 qatnashchi uchun infrastruktura bor va yaqin yillarda quriladi

Agar yaqin vaqt ichida qaror qabul qilinsa, JCH-2022 final bosqichiga 16 ta o‘rin -Evropaga, 9,5 - Afrikaga, 8,5 -Osiyoga, 6,5 - Shimoliy va Markaziy Amerikaga, 6,5 - Janubiy Amerikaga, 1 - Okeaniyaga o‘rin beriladi. Shu tariqa, 47 jamoa to‘g‘ridan to‘g‘ri, yana ikki jamoa o‘tish o‘yini orqali aniqlanadi.

Final musobqasi quyidagi sxema bo‘yicha o‘tadi. Jamoalar har biri uchtadan 16 guruhga bo‘linadi. Har guruhdan 1 va 2-o‘rinni olgan terma jamoalar 1/16 finalga chiqadi (hozir pley-off 1/8 final bosqichidan boshlanmoqda). Bu format har bir jamoa uchun o‘yinlar sonini oshirmaslikni so‘ragan assosiasiyalarga FIFA tomonidan taqdim etildi: o‘yinlar soni 7 tadan ortmaydi. Musobaqa vaqti ham o‘zgarmaydi.

Shunchaki, 2020 yilgi JCHni birdaniga 3 ta davlat qabul qiladi (AQSH, Kanada, Meksika) va 16 shaharning 16 stadionida o‘tadi, bu yangi format uchun qulay. FIFA nima uchun yangi sxemani kichik Qatar uchun muhokama qilmoqda?

Eslatib o‘tamiz, FIFA musobaqa formatini kengaytirishdan 640 mln dolardan ko‘proq mablag‘ ishlab oladi.

JCH-1930 yilgi ilk JCHda ishtirokchilar soni 13 ta bo‘lgan, 1934 yilda 16 taga yetgan.

1982 yildan boshlab, Jahon kubogi musobaqasida 24 te terma amoa qatnasha boshladi.

1998 yildan musobaqaning final bosqichida 32 ta terma jamoa qatnashib kelmoqda.

Manba: Московский комсомолец
Kiritildi: 11:34, 01.11.2018.
O'qildi: 6204 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.