Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/01 11:00 Afg‘oniston 3-0 Saudiya Arabistoni
28/01 13:00 Yaponiya 6-2 Avstraliya
28/01 15:00 Eron 4-1 Malayziya
28/01 17:00 O‘zbekiston 0-0 Tojikiston
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta

Umid Ahmadjonov Moskvada AIBA Kongressida ishtirok etmoqda

Umid Ahmadjonov Moskvada AIBA Kongressida ishtirok etmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

2-3 noyabr kunlari Rossiya poytaxti Moskva shahrida Xalqaro havaskor boks assosiasiyasi (AIBA) ning navbatdagi Kongressi o‘tkazilmoqda.

Bugun mazkur Kongress o‘z ishini boshladi. Ushbu yirik tadbirda jahonning eng katta sport federasiyalaridan biri - AIBAga yangi rahbar saylanishi kutilmoqda.

Prezidentlik uchun asosiy nomzod hamyurtimiz G‘ofur Rahimov bo‘lib turibdi. Kongressda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov ham bevosita ishtirok etmoqda. Shuningdek, Kongress doirasida boks rivoji yo‘lidagi bir qator masalalar muhokama qilinishi kutilmoqda.

Kun tartibidan o‘rin olgan eng asosiy masala albatta tashkilotga yangi rahbar saylashdir. Ertaga o‘tkaziladigan saylovda G‘ofur Rahimovga Osiyo boks federasiyasi rahbari, qozog‘istonlik Serik Konakbayev raqobat qilishi kutilmoqda.

Bugun Rahimov Kongress davomida so‘zga chiqdi va tashkilot rahbariga aylanganidan so‘ng qilingan ishlar haqida, jumladan AIBA qarzlaridan qutulgani, ayollar boksini rivojlantirish, boks Olimpiya o‘yinlari dasturidan chiqarib tashlanishiga yo‘l qo‘ymasligi haqida gapirdi.

Eslatib o‘tamiz, Ching Kuo Vu iste’foga chiqqach G‘ofur Rahimov AIBA'ga vaqtinchalik prezident vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi. Ertaga bo‘lib o‘tadigan saylovda AIBA prezidentligi masalasi uzil-kesil hal qilinadi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi ushbu saylovda hamyurtimizga omad tilaydi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 17:12, 02.11.2018.
O'qildi: 2313 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.