Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Slalomchilarimiz Osiyo chempionatini kumush medallar bilan boshlashdi

Slalomchilarimiz Osiyo chempionatini kumush medallar bilan boshlashdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Xabar qilganimizdek, kecha Eronning Karaj shahrida slalomda eshkak eshish bo‘yicha Osiyo chempionati boshlandi. Musobaqada qit’amizning 9 davlatidan yig‘ilgan eng sara sportchilar ishtirok etishmoqda.

Bugungi bellashuvlarda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari dastlabki g‘alabalarni qo‘lga kiritdilar. Kayak yo‘nalishida bo‘lib o‘tgan jamoaviy bahslarda Janibek Temirgaliyev, David Ernest, Barkamol Mirzahamdamovlar ikkinchi bo‘lib marraga yetib bordilar va kumush medalga sazovor bo‘lishdi.

Kanoe yo‘nalishida startga chiqqan Sirojiddin Qo‘chqorov, Abubakir Bukanov va Ismoilbek Abdumanapovlar ham shijoat va mahoratda o‘z jamoadoshlaridan qolishmadilar va yakunda ular ham kumush medalni terma jamoamiz hisobiga qo‘shib qo‘yishdi.

Eslatib o‘tamiz, Osiyo chempionati 6 noyabrgacha davom etadi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 18:22, 02.11.2018.
O'qildi: 2756 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик