Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Bugun futbol kuni. «Nasaf» - «Neftchi»

Bugun futbol kuni. «Nasaf» - «Neftchi»

Baho:
+ | -

Bugun “Markaziy” stadionida katta futbol. Pepsi Superliganing 29-tur doirasidagi “Nasaf” va “Neftchi” jamoalari o‘zaro kuch sinashadi. Uchrashuv soat 18:00da boshlanadi.

Mazkur jamoalar hozirgacha milliy chempionatimizda 44 marta o‘zaro bahs olib borishgan. Bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarning 18tasida “Nasaf” g‘alaba qozongan. 16 uchrashuvda “Neftchi” jamoasining qo‘li baland kelgan. Qolgan o‘zaro 9 uchrashuvda durang qayd etilgan. To‘plar nisbati bo‘yicha ham ustunlik jamoamiz tomonida – 61-52.

Farg‘onada shu yili bo‘lib o‘tgan o‘zaro so‘nggi uchrashuvda jamoamiz 3:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan.

Jamoalar Qarshida o‘zaro 22 uchrashuvda maydonga tushishgan. Bo‘lib o‘tgan 15 uchrashuvda “Nasaf”ning qo‘li balan kelgan, 6 uchrashuvda farg‘onaliklar g‘alabaga erishgan. Qolgan birgina uchrashuvda durang natija qayd etilgan. Qarshida o‘tkazilgan uchrashuvlarda darvozalarga jami 59ta gol kiritilgan. To‘plar nisbati 40:19ni tashqil etmoqda. Ustunlik jamoamiz tomonida.

“Neftchi” jamoasi so‘nggi bor Qarshida 2012 yili 2:1 hisobida zafar quchgan.

Bugun ikki sobiq jamoadaosh o‘z shogirdlari harakatini maydon chetida turib, boshqaradi. Ro‘ziqul Berdiyev va “Neftchi” jamoassi ustozi Bahrom Haydarovlar vaqtida “Nasaf” klubi sharafini himoya qilishgan.

Bugun “ajdarlar” ustozi Ro‘ziqul Berdiyev, milliy chempionatimizda 180-marta o‘z shogirdlarini maydonga boshlab tushadi.

“Nasaf” bugun chempionatdagi 646-uchrashuvini o‘tkazadi. “Ajdarlar” bugun milliy chempionatdagi 360-g‘alabasini nishonlashi mumkin.

Shunday ekan, “Markaziy”ga keling va qiziqarli uchrashuvni tomosha qiling. Darvoqe chempionat ham nihoyasiga yetmoqda.

Manba: www.fcnasaf.uz
Kiritildi: 08:29, 04.11.2018.
O'qildi: 2321 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик