Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Davron Fayziyev: «Superliga yo‘llanmasi uchun oxirigacha kurashamiz»

Davron Fayziyev: «Superliga yo‘llanmasi uchun oxirigacha kurashamiz»

Baho:
+ | -

“Dinamo” – “Istiqlol” (1:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Davron Fayziyev uchrashuv borasida o‘z fikrlarini bildirdi.

- Avvalambor, barchani muhim g‘alaba bilan tabriklayman. Bugungi o‘yin Superliga yo‘llanmasi uchun kurash olib borayotgan ikki jamoa o‘rtasida o‘tgani bois, uchrashuvning qanchalik og‘ir va yakkakurashlarga boy o‘tishi oldindan ma’lum edi. Yigitlarimiz ham o‘yinda faqat g‘alaba bizni qanoatlantirishini tushunib turishgandi. Bugun yana bir karra ko‘rdikki, “Istiqlol” jamoasi ham bejizga peshqadamlar safidan joy olmagan. Farg‘ona klubi safida yaxshi ijrochilar bor va o‘yin ham shakllangan. Bugungi g‘alabamiz bilan Superliga yo‘llanmasi uchun oxirigacha kurashishda davom etishimizni isbotladik.

- Futbolchilardan eng avvalo nimani talab qilgan edingiz?

- Eng avvalo, himoyada mustahakam to‘p surishga ko‘rsatma bergandim. O‘yinni nazorat qilib, gol urishni ham uddaladik. “Istiqlol”ga ham g‘alaba juda zarurligini anglab, ularning ham oldinga intilishlari aniq edi. Biz uchun asosiysi himoyada barqaror to‘p surib, yaratilgan vaziyatlardan gol urish edi.

- Ilhom Yunusov va Sanjar Barotovlarning tarkibda yo‘qligi nima bilan bog‘liq?

- Har ikki futbolchimiz ham jarohati bois maydonga tusha olishmadi. Ilhom Yunusov bir necha tur avval “Sho‘rtan” bilan o‘yinda olgan jarohati unga hali hamon o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Sanjar Baratov esa o‘tgan turda “Xorazm” bilan uchrashuvda jarohat olib safdan chiqdi. Umid qilamanki, ular tez orada yana bizga yordam bera olishadi.

- Davron aka, “Dinamo” ayni damda Pro-Ligada eng yaxshi himoya chizig‘iga ega jamoa bo‘lib turibdi. Ya’ni, eng kam gol o‘tkazib yuborgan. Bu “Dinamo”ning himoyaviy o‘yin namoyish etayotganligini anglatadimi?

- Yo‘q, himoyaviy yoki hujumkor o‘yin demagan bo‘lardim. Bilasizmi, qachonki himoyada tartibli o‘yin namoyish etilsagina, g‘alaba sari ilk qadam tashlangan bo‘ladi. Shu bois yigitlardan eng avvalo himoyada tartib bo‘lishi lozimligini talab qilaman. Himoya barqaror bo‘lsa, hujumda ham natija bo‘ladi. Biz eng kam gol o‘tkazgan bo‘lsakda, gol urish borasida natijamizni yaxshilashimiz kerak.

- “Dinamo” mavsumning ikkinchi qismida ochko yig‘ish bo‘yicha 1-o‘rinda bo‘lsada, umumiy olganda nihoyat endi peshqadamlarga yaqinlashdi. Mavsum yakuniga 3 tur qoldi, navbatdagi o‘yin esa “Mash’al” bilan...

- “Surxon” va “Istiqlol” bilan o‘yindagi g‘alabalarimiz bizni peshqadamlarga yaqinlashtirdi. Oldindagi “Mash’al” bilan bahsda ham ikki tomonga ham oson bo‘lmaydi. Muborak klubi ham Superliga uchun kurash olib bormoqda. Biz oxirigacha Superliga yo‘llanmasi uchun kurash olib boramiz.

Mana bugungi o‘yinimiz “Sport” telekanali orqali ilk marta to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda namoyish etildi. Bu ham Pro-Liga o‘yinlariga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirib, yangi bosqichga olib chiqishiga turtki bo‘ladi deb o‘ylayman. Qolgan 3 tur ham shiddatli o‘tishiga ishonaman. Fursatdan foydalanib, “Dinamo” jamoamizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlayotgan viloyatimiz hokim Erkinjon Turdimovga o‘z minnatdorchiligimizni bildirib qolaman.

Usmon Ibodov yozib oldi.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 14:04, 04.11.2018.
O'qildi: 4064 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.