Kirish Ro'yxatdan o'tish

Andrey Fyodorov: «Bunyodkor»ga qarshi o‘yinlar hamisha qiyin o‘tadi»

Andrey Fyodorov: «Bunyodkor»ga qarshi o‘yinlar hamisha qiyin o‘tadi»

Baho:
+ | -

“Bunyodkor” – “Lokomotiv” uchrashuvidan so‘ng mehmonlar ustozi Andrey Fyodorov quyidagicha fikr bildirdi: 

- “Bunyodkor”ga qarshi mavsumdagi 4-o‘yinni o‘tkazdik. Birorta bahs muxlislarni befarq qoldiradigan tarzda o‘tmadi. Bunday uchrashuvlar muxlislar uchun qiziq, lekin murabbiylar uchun biroz qiyinroq ko‘rinish oladi.

Zero har ikki jamoa darvozasi yaqinida ham ko‘plab xavfli vaziyatlar yuzaga keladi. Tarkibda amalga oshirilgan majburiy o‘zgartirishlar o‘yin uchun tuzgan rejalarimizni o‘zgartirib yubordi. Hisobda ortda borsakda, yigitlar o‘yin oxiriga qadar borini berib harakat qilishganidan xursandman. Bugun har ikki jamoada ham g‘olib bo‘lish yoki o‘yinni boy berish imkoniyati bir xil edi, - dedi mutaxassis.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 20:34, 05.11.2018.
O'qildi: 4387 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик