“Arsenal” hujumchisi Denni Uelbek Yevropa Ligasining 4-turida “Sporting”ga qarshi o‘yinda jarohat oldi.
Angliyalik futbolchi uchrashuvning 26-daqiqasida to‘pig‘idan og‘ir jarohat oldi. Shifokorlar unga kislorod niqobini taqib, zambilda maydondan olib chiqib ketishdi.
Uelbekning o‘rniga uchrashuvni Pyer-Emerik Obameyang davom ettirdi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur uchrashuv durang bilan yakunlandi.