Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Runi xayrlashuv uchrashuvini zaxira o‘rindig‘ida boshlaydi

Runi xayrlashuv uchrashuvini zaxira o‘rindig‘ida boshlaydi

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt "Di Si Yunayted" hujumchisi Ueyn Runi AQSHga qarshi kechadigan o‘rtoqlik o‘yinini zaxira o‘rindig‘ida boshlashini ma’lum qildi. Uning intervyusini Sky Sports chop etgan.

"U 10-raqam ostida maydonga tushmaydi, chunki o‘yinni asosiy tarkibda boshlamaydi. Sardorlik masalasiga kelsak, Ueyn oxirgi marta jamoa safida maydonga tushganida Henderson bog‘ichni darhol unga bergan edi. O‘ylashimcha, bu safar ham barchasi maydondagi vaziyat va o‘yinchilarning o‘zlariga bog‘liq bo‘ladi. Men uchun bu juda jiddiy ahamiyatga ega emas", - deb aytib o‘tdi Sautgeyt.

Runining termadagi xayrlashuv uchrashuvi 15 noyabr, payshanba kuni «Uembli» stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin 33 yoshli futbolchining xayriya fondi ko‘magida o‘tkazilmoqda. Ueyn uchun bu bahs terma jamoa libosidagi 120-o‘yin bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, hujumchi 2016 yilda xalqaro faoliyatiga yakun yasagan edi. U jami hisobda 119 o‘yinda 53 ta gol kiritgan va bu natija bilan "uch sherlar" tarixidagi eng yaxshi to‘purar sanaladi.

Manba: www.tribuna.uz
Kiritildi: 12:27, 09.11.2018.
O'qildi: 3401 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик