Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/07 00:00 Niderlandiya 2-1 Turkiya
07/07 03:00 Kolumbiya 5-0 Panama
07/07 06:00 Urugvay 0-0 Braziliya

18 yoshli «briliant» va joriy mavsumning 10 nafar kashfiyoti (fotogalereya)

18 yoshli «briliant» va joriy mavsumning 10 nafar kashfiyoti (fotogalereya)

Baho:
+ | -

Quyidagi fotojamlanmada nomi qayd etilgan futbolchilarning ayrimlari ko‘pchilikka tanish, ba’zilari esa endigina dovruq qozonishmoqda.

Ayniqsa, kelajagi porloq yoshlarning ommaga tanilayotgani, yaqindagina omadi yurishmaganlarning o‘yini ochilib ketayotgani muxlisu mutaxassislar diqqat markazida turibdi. Xo‘sh, joriy mavsum kashfiyotlari kimlar? Demak, tanishamiz.

MATTEO GENDUZI

Klubi: «Arsenal»

Yoshi: 19

Yozda «Loryan»dan 8 mln. yevroga sotib olingan futbolchining asosiy tarkibga mustahkam o‘rnashib olishini ko‘pchilik kutmagandi.

 

PAKO ALKASER

Klubi: «Borussiya D»

Yoshi: 25

«Barselona»da omadi yurishmagan hujumchi «Borussiya D»ning zaxira o‘yinchisi bo‘lganiga qaramay, 110 daqiqada 7ta gol urdi.

 

JEYDON SANCHO

Klubi: «Borussiya D»

Yoshi: 18

Arzimagan summaga «Manchester Siti» akademiyasidan olingan iqtidor sohibining Germaniyada ko‘rsatayotgan o‘yini «shaharliklar»ni o‘ylantirib qo‘ygan bo‘lsa, ajabmas.

 

KSHISHTOF PYONTEK

Klubi: «Jenoa»

Yoshi: 23

Italiya «A» seriyasi to‘purarlari ro‘yxatini boshqarib borayotgan polshalik futbolchi yozda «Krakoviya»dan 4,5 mln. yevroga sotib olingandi.

 

RAYAN FREYZER

Klubi: «Bornmut»

Yoshi: 24

Joriy mavsum APLda 10ta o‘yinda 3ta gol, 5ta assist qayd etgan tezkor futbolchini top klublar diqqat bilan kuzatishayotgani aniq.

 

PABLO SARABIYA

Klubi: «Sevilya»

Yoshi: 26

Tezkor futbol namoyish etayotgan andalusiyaliklarning o‘yini ko‘p jihatdan texnikasi yuqori bo‘lgan vingerga ham bog‘liq.

 

FERNANDO PACHEKO

Klubi: «Alaves»

Yoshi: 26

2015 yili Madrid «Kastilya»sidan «Alaves»ga ko‘chib o‘tgan darvozabon ayni payt jamoasi bilan Primera turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

 

SEBASTYAN ALLE

Klubi: «Ayntraxt»

Yoshi: 24

Ajoyib gol sezish qobiliyatiga ega fransiyalik futbolchi asli kelib chiqishi bo‘yicha ivuarlik. U ayni payt Fransiya termasidan chaqiruv kutmoqda.

 

NIKOLYA PEPE

Klubi: «Lill»

Yoshi: 23

Eden Azardan so‘ng «Lill»da bunday texnikasi yuqori futbolchini ko‘rmagandik. Pepening prototipi - Usmon Dembele.

 

RODRIGO DE PAUL

Klubi: «Udineze»

Yoshi: 24

Bu futbolchi o‘z jarima maydonchasida to‘pni olib qo‘yib, bitta pas bilan raqib himoyachilarini dog‘da qoldirishi mumkin.

Abdulloxon ISROILXONOV tayyorladi

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 00:11, 10.11.2018.
O'qildi: 7946 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.