Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

OK-2019 guruhlari koeffisiyenti: o‘zgarish bormi?

OK-2019 guruhlari koeffisiyenti: o‘zgarish bormi?

Baho:
+ | -

Oktyabr oyi ham xalqaro o‘rtoqlik o‘yinlariga boy bo‘ldi. Qolaversa, Yevropada yangi turnir - YEML davom etttirildi.

Shuningdek, Afrika Millatlar kubogi saralash bosqichi o‘yinlari o‘tkazildi. Ayni shu uchrashuvlar natijasida FIFA reytingida jiddiy o‘zgarishlar yuzaga kelishi kutilgandi. Mana, 25 oktyabr kuni e’lon qilingan jahon reytingida Belgiya termasi yakka peshqadamga aylandi.

Xullas, bunga qadar qo‘shhokimlik o‘rnatgan Fransiya termasi 1 ochko kam olgani holda, 2-o‘ringa surildi. Kuchli o‘nlikda yana bir o‘zgarish bor - 5-6-o‘rinlardagi Angliya va Urugvay termalari joyi almashdi.

Afrika Millatlar kubogi saralashi davom etayotgani hamda Madagaskar, Senegal, Tunis va Misr termalarining 16 oktyabr kuni yo‘llanmani naqd qilgani ham reytingga katta ta’sir qildi.

* Sobiq ittifoq hududi mamlakatlarining atigi 7tasi milliy jamoasi birinchi yuztalikka kirgan bo‘lib, ular orasidan O‘zbekiston termasi 6-o‘rinda qayd etildi.

Umuman, bosh jamoamiz fevral oyidagi ko‘tarilish (77-o‘rindan 72-o‘ringa)dan so‘ng ilk marta o‘z mavqei-ni yaxshilashga muvaffaq bo‘ldi. Eslatma, milliy jamoamiz fevraldan buyon 8ta o‘yin o‘tkazib, ularda 2ta g‘alaba, 2ta durang va 4ta mag‘lubiyat qayd etdi.

* Jahon reytingining dastlabki 50ta pog‘onasida OFK a’zolaridan atigi 3tasi bor. Dastlabki 100talikka qarasak, 16ta jamoa OFK oilasi vakilidir. Xullas, qit’amiz konfederasiyasining naq 17ta a’zosi reytingda 150-o‘rindan pastda. Boshqacha aytganda, OFKning FIFA reytingidagi holati yaxshi tarafga o‘zgarmayapti.

Osiyo futboli mutasaddilari shu jihatga ham alohida e’tibor qaratishsa, yomon bo‘lmasdi. Ha, OK-2019 tobora yaqinlashmoqda. Tabiiyki, OFKning 24ta vakili qit’aning har 4 yillikdagi asosiy musobaqasi startiga qadar, ya’ni chamasi 2 oy davomida o‘rtoqlik o‘yinlariga zo‘r beradi. Ehtimolki, shuning ta’sirida yangi yildan oldin vaziyat nisbatan ijobiy ko‘rinish olar.

* O‘zbekiston terma jamoasi oktyabr oyidagi 2ta g‘alaba tufayli 2 pog‘ona yuqoriladi. Xususan, vakillarimiz qatarliklarga qarshi kechgan bahsda ustun kelishgani hisobiga aynan ular bilan o‘rin almashishdi. Jamoamiz ayni payt Osiyo miqyosida 13-o‘rinda turibdi, dunyo reytingida esa 94-qatorda. 

* Milliy jamoamizning antirekordi  1996 yil noyabrda qayd etilgandi - 119-o‘rin. Bemalol aytish mumkinki, Ektor Kuper davrida bu salbiy natija yangilanmaydi. Zero, milliy terma jamoamiz g‘alabali yo‘lga tushib oldi. Har holda, shundan umidvormiz.

* Oy yakunlariga ko‘ra, jahon reytingida o‘rinlar bo‘yicha Gibraltar termasi (+8 o‘rin) eng yaxshi o‘sishga erishdi, ochkolar hisobida esa, Zimbabve jamoasi eng yuqori ko‘rsatkichga erishdi. Mozambik termasi aksincha, 9 pog‘ona pastladi - eng shiddatli qulash.

Oy davomida eng katta o‘sishga erishgan jamoalar (o‘rinlar bo‘yicha)

1. Gibraltar: +8 o‘rin

2. Namibiya: +7 o‘yin

   Zimbabve: +7 o‘rin

4. Misr: +4 o‘rin

   Madagaskar: +4 o‘rin

   Burundi: +4 o‘rin...

Oy davomida eng katta pasayishga yuz tutgan jamoalar (o‘rinlar bo‘yicha)

1. Mozambik: -9 o‘rin

2. SH.Irlandiya: -6 o‘rin

   Kongo DR: -6 o‘rin

   Vengriya: -6 o‘rin

   Livan: -6 o‘rin

Oy davomida eng katta o‘sishga erishgan jamoalar (ochkolar bo‘yicha)

1. Zimbavbe: +24,1 ochko

2. Namibiya: +21,56 ochko

3. Isroil: +19,91 ochko

4. Gibraltar: +19,58 ochko

5. Madagaskar: +19,28 ochko

Oy davomida eng katta pasa-yishga yuz tutgan jamoalar (ochkolar bo‘yicha)

1. Mozambik: -24,47 ochko

2. Kongo DR: -23,69 ochko

3. Ekvatorial Gvineya: -19,09 ochko

4. Liviya: -15,56 ochko

5. SH.Irlandiya: -15,16 ochko

OK-2019 guruhlariga nazar. Endi FIFA reytingining so‘ngi tal-qini asosida OK-2019ning qaysi guruhida keyingi bosqichga chiqish murakkab ekanligini taxmin qilib ko‘ramiz. Bunda har bir kvartetdagi 4ta terma jamoaning jahon reytingi bo‘yicha o‘rnini umumlashtirib chiqamiz.

Aytish joiz, O‘zbekiston milliy jamoasi joy olgan guruh umumiy hisobda bir oy avvalgi holatga nisbatan 1ta yuqoriga ko‘tarildi. Chunonchi, kvartetdagi 4ta jamoa ham reytingda ko‘tarilishga erishdi.

1. «B» guruhi

O‘rtacha reyting: 81,75-o‘rin (Avs-traliya - 42; Suriya - 74; Falastin - 99; Iordaniya - 112)

2. «C» guruhi

O‘rtacha reyting: 83,5-o‘rin (J.Koreya - 53; Xitoy - 75; Qirg‘iziston - 90; Filippin - 116)

3. «D» guruhi

O‘rtacha reyting: 88,0-o‘rin (Eron - 30; Iroq - 89; Vyetnam - 102; Yaman - 131)

4. «F» guruhi

O‘rtacha reyting: 89,0-o‘rin (YAponiya - 50; O‘zbekiston - 94; Ummon - 84; Turkmaniston - 128)

5. «E» guruhi

O‘rtacha reyting: 90,0-o‘rin (S.Arabistoni - 72; Qatar - 96; Livan - 82; KXDR - 110)

6. «A» guruhi

O‘rtacha reyting: 103,0-o‘rin (BAA - 81; Tailand - 121; Hindiston - 97; Bahrayn - 113).

Yaponiya termasi 12 oktyabr kuni «Kirin» kubogi doi-rasida o‘z maydonida panamaliklarni 3:0 va 16 oktyabrda urugvayliklarni 4:3 hisobida mag‘lub etish asnosida OFK miqyosida xuddi Indoneziya jamoasi kabi eng katta o‘sishga erishdi (+4 o‘rin).

«Zalsburg» hujumchisi Takumi Minamino shu ikki o‘yinda 3ta gol urib, terma jamoaning JCH-2018dan keyingi davrdagi asosiy to‘p-urar hujumchisiga aylandi. Pim Verbek ustozligidagi Ummon termasi esa Qatarda tashkillashtirilgan ikki o‘rtoqlik o‘yinida 2ta durang qayd etdi: Filippin - 1:1 va Ekvador - 0:0.

Terma jamoaning 2017 yil 22 dekabridan buyon 4ta g‘alaba va 5ta durangdan iborat mag‘lubiyatsiz seriya ko‘rsatayotganida golkiper Ali al Habsiy («Al- Hilol») katta rolga ega. To‘g‘ri, ummonliklar 2017 yilning 14 noyabridan buyon asosan arab o‘lkasi terma jamoalari bilan kuch sinashishmoqda.

Bahrayn termasining oktyabrdagi ikki o‘rtoqlik o‘yini turlicha taassurot qoldirdi. Suriya (0:1) va Myanma (4:0) milliy termalari bilan bo‘lgan uchrashuvlar natijasi jamoa hali o‘z o‘yinini to‘liq topib olmaganini ko‘rsatmoqda.

FIFA reytingi (OFK bo‘yicha)

T|r.   O‘rin    Farq   Terma                  Ochko        Farq

1.       30          +3         Eron                    1478          +4,27

2.       42          +1         Avstraliya           1432          +1,43

3.       50          +4         Yaponiya                1409          +11,25

4.       53          +2         J.Koreya              1401          +6,22

5.       72          -1          S.Arabistoni     1334          -3,28

6.       74          0            Suriya                  1320          -1,86

7.       75          +1         Xitoy                  1317          +4,41

8.       81          -4          BAA                     1305          -3,18

9.       82          -5          Livan                   1300          -7,61

10.     84          +1         Ummon                 1287          -0,24

11.     89          0            Iroq                    1270          -1,78

12.     90          +1         Qirg‘iziston        1268          +2,84

13.     94          +2         O‘zbekiston        1254          +9,18

14.     96          -2          Qatar                   1248          +0,89

15.     97          0            Hindiston           1245          +1,05

16.     99          +1         Falastin             1233          +7,85

17.     102        0            Vyetnam               1220          0       

18.     110        -1          KXDR                  1191          -4,54

19.     112        -2          Iordaniya            1189          +0,24

20.     113        -1          Bahrayn               1182          +0,61

21.     116        -2          Filippin            1171          -1,2  

22.     118        +2         Tojikiston         1161          +5,47

23.     121        +1         Tailand               1154          +10,49

24.     124        -1          Xitoy T.              1139          -0,26

25.     128        +2         Turkmaniston     1120          0       

26.     131        +2         Yaman                    1112          0       

27.     141        -3          Myanma               1080          -12,47              

28.     144        -1          Gonkong               1071          -5

29.     145        +1         Afg‘oniston        1068          0       

30.     151        0            Maldiv or.        1049          +0,07

31.     157        +2         Quvayt                 1020          +6,15

32.     160        +4         Indoneziya           1004          +6,89

33.     161        -1          Nepal                   1001          -3,27

34.     165        +1         Singapur             991            +8,95

35.     169        +2         Malayziya            974            +2,02

36.     170        -1          Kambodja            973            -5,75

37.     181        -2          Laos                     937            -9,4  

38.     184        0            Makao                  925            -0,39

39.     186        0            Mo‘g‘uliston        923            +1,16

40.     188        0            Butan                   917            +0,03

41.     191        -1          SH.Timor             910            +0,94

42.     194        -1          Bangladesh           907            -0,5

          194        -1          Guam                    907            +0,22

44.     196        -1          Bruney                 903            -0,28

45.     199        0            Pokiston             890            -0,37

46.       201      -2         Shri-Lanka    886      -4,22

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 00:23, 10.11.2018.
O'qildi: 4098 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.