Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

Andrey Kanchelskis: «Yigitlar yaxshi o‘ynashdi»

Andrey Kanchelskis: «Yigitlar yaxshi o‘ynashdi»

Baho:
+ | -
 

Pepsi Superliga 30-turi doirasidagi “Navbahor” – “Bunyodkor” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida “lochinlar” ustozi Andrey Kanchelskis va jamoa yarim himoyachisi Azizbek Turg‘unboyev ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berishdi.

Andrey Kanchelskis (“Navbahor” jamoasi bosh murabbiyi): - Har ikki jamoa vakillarining bugun namoyish etgan o‘yinlari menga yoqdi. “Bunyodkor”  o‘yin jihatidan eng kuchli klublardan biri va shunday jamoaga qarshi to‘p surish ancha qiziqarli bo‘ldi.

Biz “Bunyodkor”da muammolar borligini bilamiz va shunday jamoa kelasi mavsumda chempionatda o‘ynamasa, afsuslanarli holat bo‘ladi.

Yigitlarga bugungi o‘yinda ishtiyoq bilan to‘p surishgani uchun o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Shuningdek, jamoamizni qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislarga ham katta rahmat.

Albatta hali jamoada olib boriladigan ishlar bor. Lekin ayni paytda ixtiyorimizda 12 nafar futbolchi bor va o‘z imkoniyatimizdan kelib chiqqan holda, o‘yin namoyish etishga intilyapmiz. Shogirdlarimning mashg‘ulotlar jarayonidan va ishtiyoqlaridan xursandman. O‘zimizni xotirjam his qilishimiz uchun endi keyingi o‘yinlarda  1 ta emas, 2-3 ta gol urishga harakat qilamiz.

Iqtidorli yoshlarni ham kashf etishga intilamiz. Aytgancha, bugun Namangandagi 12 yoshli futbolchilar o‘rtasidagi musobaqaning final uchrashuviga tashrif buyurib, unda g‘olib chiqqan yosh namanganlik futbolchilarni tabrikladim. Shunday ekan, bugun qo‘shaloq g‘alaba bo‘ldi.

Albatta, yigitlarga, muxlislarga katta rahmat. Bir paytlari futbolchi bo‘lganman va 70 ming va 3 ming nafar muxlis ko‘z oldida to‘p surish hissiyotining qanday bo‘lishini juda yaxshi bilaman. Boshqa shaharlarda ham stadionlarga tomoshabinlarning shunday ko‘p tashrif buyurishlarini tilayman. Ko‘p mingli sonli muxlislar tashrif burgan o‘yingohda to‘p surishning gashti o‘zgacha.

Men jamoaga yaqinda keldim.Oston O‘runov hali yosh va iqtidorli yigit.

U O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga, Azizbek Turg‘unboyev va Davron Hoshimov esa O‘zbekiston milliy terma jamoasiga jalb etilishdi.

Albatta, klubimizdan 3 nafar futbolchining terma jamoalarga jalb etilishlari biz uchun yoqimli holat.

Oston o‘z ustida ko‘proq ishlashi lozimligini unga tushuntiryapmiz. Menimcha, murabbiylikdan ko‘ra, futbolchilik osonroq. Boisi, murabbiy bo‘lsangiz, maydonga tushish ishtiyoqi yuqori bo‘lsa-da, buning iloji yo‘q. Shunday bo‘lsa-da, yigitlar asta-sekin o‘zlaridan talab qilingan narsani tushunishyapti va o‘yindan – o‘yinga “ochilishyapti”. Futbolchilar “Paxtakor”, “Lokomotiv” va mana bugun “Bunyodkor” jamoalarga qarshi kechgan o‘yinlarda raqiblarga munsoib qarshilik ko‘rsatishdi.

Sovrindorlar safidan joy olish asosiy maqsadimiz. Bizda 2-o‘rinni egallash imkoniyati ham bor edi. Lekin ayrim sabablarga ko‘ra, buni amalga oshira olmadik. To‘g‘ri tushuning, futbolchilar ham temir emas, inson. Mashhur murabbiy Valeriy Lobanovskiy temir ham bir kun kelib,  sinadi, degandi. Biz bir tarkib bilan o‘ynayapmiz va safimizda o‘yinni kuchaytira oladigan futbolchi yo‘q. Kimdir charchaydi, boshqasi yengil jarohat oladi, ayrimlari bosimga dosh berolmaydi. Futbolchilar ham odam va buni to‘g‘ri tushunish kerak. Qisqasi, bugun yigitlar yaxshi o‘yin namoyish etishdi.

Matbuot anjumani Kanchelskis va Turg‘unboyev 1

Azizbek Turg‘unboyev (“Navbahor” jamoasi yarim himoyachisi): -  Bahs shiddatli va ajoyib tarzda kechdi. Biz bu o‘yinga puxta tayyorgarlik ko‘rgandik. Bekoboddagi mag‘lubiyatga uchradik va bu aybimizni o‘z maydonimizdagi g‘alaba bilan yuvishimiz kerak edi. Xudoga shukr, ajoyib tarzda kechgan o‘yinda zafar quchdik. Buning uchun bizni ajoyib tarzda qo‘llab- quvvatlab turgan muxlislarga katta rahmat aytaman.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 08:21, 11.11.2018.
O'qildi: 2546 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.