Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Atletik Bilbao 2-2 Osasuna
12/05 15:30 Lasio 2-0 Empoli
12/05 17:00 Kadis 1-0 Xetafe
12/05 18:00 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/05 18:00 Verona 1-2 Torino
12/05 19:00 Neftchi 2-2 Andijon
12/05 19:00 So‘g‘diyona 1-2 Navbahor
12/05 19:15 Atletiko 1-0 Selta
12/05 20:30 Man. Yunayted 0-1 Arsenal
12/05 21:00 Yuventus 1-1 Salernitana
12/05 21:30 Valensiya 0-0 Rayo Valyekano
12/05 23:45 Atalanta 2-1 Roma
13/05 00:00 Strasbur 2-1 Mets
13/05 00:00 Klermon 0-1 Lion
13/05 00:00 Nant 1-2 Lill
13/05 00:00 Monpelye 0-2 Monako
13/05 00:00 PSJ 1-3 Tuluza
13/05 00:00 Renn 1-1 Lans
13/05 00:00 Marsel 3-1 Loryan
13/05 00:00 Betis 3-2 Almeriya
13/05 19:00 Surxon 1-1 Dinamo
13/05 19:00 Nasaf 0-0 Bunyodkor
13/05 21:30 Lechche - Udineze
13/05 23:45 Fiorentina - Monsa
14/05 00:00 Aston Villa - Liverpul
14/05 00:00 Barselona - Real Sosyedad
14/05 19:00 Lokomotiv - OKMK
14/05 22:30 Osasuna - Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem - Manchester Siti

Stanislav Cherchesov: «Yil so‘nggigacha jamoada katta o‘zgarishlar bo‘lmaydi»

Stanislav Cherchesov: «Yil so‘nggigacha jamoada katta o‘zgarishlar bo‘lmaydi»

Baho:
+ | -

SSKA futbolchisi Fyodor Chalov Chempionlar Ligasidagi ajoyib o‘yini tufayli milliy jamoadan chaqiruv oldi. Bu haqda Rossiya termasi bosh murabbiyi Stanislav Cherchesov Germaniya va Shvesiyaga qarshi uchrashuvlarga tarkib tanlash chog‘ida bergan intervyusida gapirdi.

U shuningdek, «Krasnodar» hujumchisi Arini nima sababdan chaqirmaganini izohlab, termada birinchi raqamli darvozabon rolini yana Andrey Lunyov bajarishini qo‘shimcha qildi.

Shuningdek, Cherchesov «Spartak» bosh murabbiyi bo‘lishi mumkinligi haqidagi gap-so‘zlarga ham to‘xtalib, «qizil-oqlar» rahbariyatidan hech kim u bilan bog‘lanmaganini ta’kidladi.

- Avvalroq Rossiya yoshlar termasi manfaatlarini o‘ylagan holda, bosh jamoaga yosh futbolchilarni chaqirmayotganingizni aytgandingiz. Ammo hozirgi ro‘yxatdan Fyodor Chalov va Ilzat Axmetov o‘rin olishdi. Bu fakt ushbu futbolchilarning kattalar termasiga rasman o‘tishganiga ishorami?

- Axmetov endi yoshlar termasida o‘ynamaydi. Boz ustiga, noyabrda ularning o‘yinlari yo‘q, demak futbolchilarni chaqirishimiz mumkin. Chalovga kelsak, u YECHL va milliy chempionatdagi o‘yinlari orqali ushbu ro‘yxatga kirishga munosibligini isbotladi.

- Kirill Nababkin nega chaqirildi?

- U tajribali himoyachi, YECHLda stabil o‘yin ko‘rsatdi, ichki chempionatda ham ishonchli to‘p suryapti. Bizni oldinda Germaniya va Shvesiyaga qarshi oson bo‘lmagan o‘yinlar kutib turibdi, bu bahslarda bizga o‘ziga ishonchi yuqori mudofaa chizig‘i kerak.

- Agar Igor Smolnikov jarohat olmaganda, Nababkin chaqirilmasmidi?

- Aniq nimadir deyolmayman. Ayni payt milliy jamoaga yordam berishi mumkin bo‘lgan barcha futbolchilarni sinovdan o‘tkazamiz.

- JCHdan so‘ng dam olmagan Mario Fernandes va Roman Zobnin charchagandek tasavvur uyg‘otishmayaptimi?

- Yo‘q. Ularning jamoasida turlicha ruhiy holat hukm surayotganini unutmaslik lozim. O‘z klublariga yordam berishmoqda. Binobarin, Zobnin «Spartak»da boshqa pozisiyada to‘p suradi.

- «Spartak» mavzusi ochilgan ekan, ushbu klubni boshqarishingiz mumkinligi haqidagi gap-so‘zlarga to‘xtalsangiz.

- Bu jamoa rahbariyatidan hech kim men bilan bog‘lanmadi. O‘zimizning mutasaddilar ham ushbu masalada nimadir deyishmadi. Demak, yo ular rad javobi berishgan yoki klub bilan aloqa o‘rnatishmagan.

- Andrey Lunyov hozirda Rossiya termasining asosiy darvozabonimi?

- Ha, u birinchi raqamli. Lekin biz mavjud vaziyatni har kuni ko‘rib chiq-yapmiz. Shunisi aniqki, tarkibimizdagi darvozabonlardan ko‘nglimiz to‘lmoqda, ular so‘nggi bir oyni ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazishdi.

- Jarohat olgan Denis Cherishev keyingi o‘yinlarga tayyormi?

- U o‘zini yaxshi his etmayotgani bois, tez kunda qo‘shimcha tekshiruvdan o‘tadi. Vaziyat o‘zgarishi mumkinligini his qilyapmiz. Ha, u chaqirilgan, ammo kelishigacha bir hafta bor. Agar Denis tayyor bo‘lsa, jamoaga qo‘shiladi. Aks holda, tavakkal qilmaymiz.

- O‘tgan oyni ajoyib o‘tkazgan Arini nega chaqirmadingiz?

- Biz uni yaxshi bilamiz, barqarorligini ko‘rib turibmiz. Ammo yil so‘ngigacha jamoada katta o‘zgarishlar qilmoqchi emasmiz.

- Aleksandr Golovinning «Monako»si yutqazishda davom etyapti. Uning holati xavotirlanarlimi?

- Avvalgi yig‘in arafasida ham shunday holat kuzatilgandi. Ammo Golovin safimizga qo‘shilib, nimalarga qodirligini ko‘rsatgandi. Uning holatini ko‘ryapmiz, avvalgidan ham yaxshi. Sashada biror muammoni sezmadim.

- JCHdan keyin uch oy o‘tgach, aka-uka Miranchuklarni termaga qaytardingiz.

- Dastlabki yig‘inda ularning holatlari bizni qoniqtirmagandi. Hozir esa o‘zlarini biroz tiklab olishdi.

-  Germaniya termasiga qarshi bahsda taktik tajribalarni ko‘ramizmi?

- Avval futbolchilarga baho berish lozim. O‘yin o‘rtoqlik maqomida, demak oltita zaxira almashtirish imkoniyati tug‘iladi. Ehtimol, barchasidan foydalanarmiz - ham tempni saqlash, ham rasmiy uchrashuvlarga muvaffaqiyatli taraddud ko‘rish uchun.

- Germaniyalik hamkasbingiz Yoaxim Lyovning ishlari yaxshimas. Mabodo Rossiya termasi g‘alaba qozonsa, ushbu mutaxassis iste’foga chiqishi mumkinligini bilasizmi?

- Yaqinda Londonda birga nonushta qilganimizda, uning ovozi va kayfiyatida xavotir borligi sezilmadi. Lyov yuksak saviyadagi murabbiy. Ha, ularning natijasi qoniqarli bo‘lmayapti, ammo Germaniya sifatli futbol ko‘rsatmoqda. Ularda hozir avlodlar almashuvi, o‘zgarishlar davri. Bizni qiyin o‘yin kutib turibdi.

- Useyn Bolt bilan uchrashuvingiz haqida gapirsangiz. U Rossiya termasiga chaqirishingizni so‘ramadimi?

- U bilan jahon chempionati finalida ko‘rishgandik. Bu voqea liftda ro‘y bergani uchun sifatlarini ko‘rsatolmagan. Umuman, Bolt ishtirokidagi o‘yinni ko‘rib chiqdim: tezlik bor, ammo futbol - boshqacha sport turi, bu yerda faqat tezlikning o‘zi bilan maqsadni amalga oshirib bo‘lmaydi. Ammo har qanday holatda ham, Useynga tasanno. 

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 09:07, 16.11.2018.
O'qildi: 2425 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.