Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

«Manchester Siti» saltanatiga sayohat (fotogalereya)

«Manchester Siti» saltanatiga sayohat (fotogalereya)

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» 100 yildan oshiq vaqt mobaynida «MYU» soyasida yashadi - bu yerda gap faqat sovrinlar haqida bormayapti. Angliyaning eng ko‘p unvonga ega klubi futbolchilari «Orzular teatri»da to‘p surgan pallada, «Siti» o‘z o‘yinlarini kamtarona «Meyn Roud»da o‘tkazardi.

Hammasi 2000 yilga kelib o‘zgardi. «Shaharliklar» yangi «Siti of Manchester»ga ko‘chib o‘tishdi, Amirliklardan kelgan katta pullar esa arena nomini «Etihad»ga o‘zgartirib, unga yirik mashg‘ulotlar majmuasini qo‘shish imkoniyatini taqdim etdi.

Shundan buyon klub akademiyasi, ayollar jamoasi stadioni va hattoki, asosiy tarkib bazasi ham arenaning ro‘parasidagi ko‘chada faoliyat yuritmoqda: Angliyaning hech bir klubida bunchalik qulaylikni uchratmaysiz.

Yaqinda sports.ru vakillari Manchesterning «moviy» qismiga tashrif buyurib, tumanli o‘lkadagi eng rivojlangan sport majmuasini sayr qilishdi. Quyidagi fotojamlanma orqali «Manchester Siti»ning hayot tarzi bilan atroflicha tanishib olishingiz mumkin.

1. «Siti» 2003 yili «Meyn Roud»dan «Siti of Manchester»ga ko‘chib o‘tgan. Bu arena klubga Hamdo‘stlik o‘yinlari-2002dan meros qolgandi.

2. «Manchester Siti» do‘konida klubga taalluqli bo‘lgan turli-tuman mahsulotlarni xarid qilish imkoni bor.

3. Avvallari kamtarona ko‘rinishda bo‘lgan klub muzeyi shayx Mansur tashrifidan so‘ng ancha boyidi.

4. O‘yin arafasida ushbu tribunaga kiraverishda gilam yo‘lakcha to‘shaladi – tabiiyki, uning rangi moviy bo‘ladi.

5. Tunnel Club restorani ajoyib taassurotlarni tuhfa etadi. Turli taomlardan tashqari, qulay hududga o‘rnatilgan o‘rindiqlar isitish tizimi va USB moslamalari bilan jihozlangan. Bunday imtiyozdan foydalanish narxi – yiliga 7500 funt sterling.

6. Tunnel Club restorani ostida joylashgan kiyinish xonasidagi manzara ham kishida yorqin taassurot qoldiradi. Odatda, Pep Gvardiola shu xonaning o‘rtasida turib shogirdlariga ko‘rsatmalar beradi.

7. Murabbiylar shtabiga ajratilgan bu xonada tanaffus vaqtida birinchi bo‘limdagi holatlarni takroran ko‘rib, tahlil qilish imkoniyati mavjud.

8. Arenaga chiqishdagi yozuv: «Butun sayyorani larzaga keltiring».

9. Murabbiylar shtabiga atalgan o‘rindiqlar ham isitish tizimi bilan ta’minlangan.

10. Sayyohlar, hattoki, klub xodimlariga ham maysa ustiga chiqish taqiqlanadi. Faqat maydon holatini nazorat qiluvchi agronomlargagina bunday huquq berilgan.

11. «Mikst-zona» «Etihad»ning eng tor qismlaridan biridir. Ko‘pincha o‘yindan so‘ng bu yerga odam sig‘may qoladi.

12. Konferens-zal o‘z bag‘riga 105 muxbirni sig‘diradi.

13. Asosiy tarkib joylashadigan bazani suratga olish, ichiga kirish taqiqlanadi.

14. Jamoa bosh stadiondan 700 metr uzoqlikda mashg‘ulot o‘tkazadi. Shu bois o‘yindan oldin avtobusdagi sayr uchun atigi bir-ikki daqiqa ketadi, xolos.

Oxiriga ramka ichida:

Ekskursiya akademiya hududiga o‘tishi hamono, sayyohlardan fotoapparatlarni o‘chirish talab etiladi. Bunday cheklov Buyuk Britaniya qonunchiligi bilan izohlanadi: 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarni suratga olish uchun, garchi u tasodifan yoki uzoqdan bo‘lsa ham, ota-onalarning yozma ijozatini olish darkor.

Abdulloxon ISROILXONOV tayyorladi

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 20:00, 21.11.2018.
O'qildi: 5372 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик